Bombay universiteti
Qiyofa
Asos solingan sanasi | 1857-yil |
---|
Bombey universiteti — Hindistondagi eng yirik universitetlardan biri. 1857-yil asos solingan. 1904-yilgacha uning vazifasi bir qancha kollejlarda imtihonlar oʻtkazish va oʻquv mashgʻulotlari tashkil etishdangina iborat boʻlgan. 1904-yildan bevosita oʻquv faoliyatini tashkil etish (leksiyalar oʻqish, oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan ilmiy ishlar nashr etish va h. k.) huquqini olgan. Bombay universiteti ijtimoiy fanlar, tijorat, yuridik, tibbiyot, dorishunoslik, stomatologiya, led., psixologiya sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 160mingdan ortiqtalaba taʼlim oladi. Untda bir kancha ilmiy tadqiqotlar muassasalari va institutlar bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |