Bombo leguero
Bombo leguero (ispancha: Bombo legüero, shuningdek uni ispancha: Bombo criollo[1] den ham atashadi. U asli Santyago del Estero provinsiyasida yaratilgan katta kreol barabani boʻlib, argentincha anʼanaviy baraban hisoblanadi. Legüero nomi uzunlik birligidan — ligidan kelib chiqqan va taxminan 5 kilometrga teng. Mazkur barabanning ovozi tekislikda, bir liga masofasida eshitiladi, deb ishonilgan.
U seibo daraxtining boʻsh ichli qattiq tanasidan yasalib, odatda echki, sigir, qoʻy yoki guanako (lama) terisi bilan qoplanadi. Baraban tovushiga chuqurlik qoʻshish uchun moʻyna terisining tashqi tomoni qoʻllanadi. Baraban yevropacha eski harbiy barabaniga oʻxshash tuzilishga ega — landsknexttrommel (nemischa: Landsknechtstrommel ).[2] Ikki membranani taranglatish uchun teri bilaguzuk halqalariga oʻxshash narsa bilan mahkamlanadi. Barabanda yelka tasmasi ham mavjud.
Tovushlar yumshoq uchlari ega boʻlgan ikkita yogʻoch tayoqcha yordamida chalinadi. Zarbalar membranada ham, yogʻoch ramkada ham birdek qoʻllanadi. Ushbu asbobni chaluvchi musiqachini bombisto deb atashadi.
Bombo leguero Argentina folklorining muhim elementi hisoblanib, Zamba va Chakarera xalq raqslari uchun, shuningdek, Lotin Amerikasining samba, salsa va shu kabi boshqa musiqiy janrlari musiqa uchun ham qoʻllanadi.
Bombo leguero Lotin Amerikasining koʻplab musiqachilari tomonidan chalinadi: Los Chalchaleros, Tremor, Domingo Cura, Los Fronterizos, Carlos Rivero, Soledad Pastorutti va Mersedes Sosa.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „bombos criollos“. 31-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ Виды ударных — русские названия