Kontent qismiga oʻtish

Bonus

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bonus (lot. bonus — yaxshi, marhamatli) — sotuvchi va haridor oʻrtasida alohida kelishuv yoki sotish shartnomasiga asosan sotuvchi tomonidan haridorga beriladigan yengillik; odatdagi toʻlanadigan maoshga qoʻshimcha mukofot; narxning oʻsishi munosabati bilan asosiy ish haqiga qoʻshilgan qoʻshima haq; tovarning sifati uchun qoʻshimcha mukofot; aksiyalar shaklidagi qoʻshimcha toʻlovlar; koʻrsatilgan vositachilik xizmati uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haq ham B. deb yuritiladi. Amaliyotda tovar vositachi (komissioner) ixtiyoridan tashqari sotilmay qolsa, unga harajatlarini qoplash uchun B. toʻlanadi va uning miqdori kelishuvga asosan belgilanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil