Kontent qismiga oʻtish

Boqiy shahar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boqiy shahar
Boqiy shahar
Umumiy maʼlumot
Manzili M336+PJV, Samarqand, Samarqand viloyati, Узбекистан
Shahar Samarqand
Mamlakat Oʻzbekiston
Binoning ichki maydoni 7 gerktar[1]
Dizayn va konstruksiya
Muhandis Bobur Ismoilov
https://www.silkroad-samarkand.com

Samarqand turizm markazining 7 gektar maydonini egallagan O‘zbekiston zamini va xalqlarining tarixi va anʼanalari bilan tanishishlari mumkin boʻlgan qadimiy shahar qayta tiklangan.Boqiy shahar majmuasining markazda 1 ta galereya va qadimiy sharqona bozor, 36 ta rastadan iborat 14 ta hunarmandchilik ustaxonalari, 2 ta milliy taomlar restorani qurilgan. Tor koʻchalarda rassomlar, hunarmandlar va duradgorlarning doʻkonlari joylashgan.[2]

Boqiy shaharga tashrif buyuruvchilar mamlakatning turli davrlari va mintaqalari milliy taomlarini tatib koʻrishlari mumkin. Boqiy shahar mehmonlarga oʻtgan asrlar merosining xilma-xilligini qadrlash, Parfiya, ellinistik va islom madaniyatlari chorrahasida boʻlish uchun imkoniyatni taqdim etadi. Loyiha muallifi va kuratori rassom Bobur Ismoilov edi.[3]

Markaziy koʻchasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy toshdan yasalgan yoʻl boʻylab sayr qilib, mehmonlar milliy kutubxona yoki qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurishlari, kashtachilik sanʼati, milliy liboslar va tanga zarb qilish sanʼati bilan tanishishlari, shuningdek, Samarqand noni yoki somsasi bilan mehmon boʻlishlari mumkin.[4]


Fargʻona koʻchasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharning gʻarbiy chegarasidagi Fargʻona koʻchasida – Xitoy va Yevropa oraligʻidagi toʻquvchilik – gilam, atlas va adras, shuningdek Rishton kulolchiligi va oʻzbek milliy taomlari – palov , non va holva.larni koʻrishingiz mumkin. [5]


Buxoro va Xiva

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boqiy shahar hududining katta qismi Buxoro va Xiva meʼmorchiligi asosida barpo etilgan. Bu yerda mehmonlar zarbdan yasalgan buyumlar, shuningdek, xonqa va gʻijduvon kulolchilik buyumlarini koʻrishlari mumkin. Xiva koʻchasida ustaxonalardan tashqari shaxmat va amaliy sanʼat maktablariga albatta tashrif buyurish lozim. Turli uslub va yoʻnalishlarda ijod qilayotgan ijodkorlar uchun alohida bino barpo qilingan.[6]


Buyuk Samarkand Restorani

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menyu boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi milliy taomlar va 8 metrlik ustunkar mavjud. Menyuda asosiy eʼtibor oʻzbek oshxonasi taomlari va anʼanaviy sharqona retseptlarga qaratilgan. Mahsulotlarning aksariyati taʼmi va pishirish texnologiyasining aslligini saqlash maqsadida Oʻzbekistondan keltiriladi. Restoran milliy oʻzbekcha ziyofat tadbirlarini oʻtkazish uchun mos keladi. Ish vaqti: har kuni soat 11:00 dan 00:00 gacha


Shou dasturlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boqiy shaharga tashrif buyuruvchilar uchun koʻcha musiqachilarining ijrolari va turli tomoshalar tashkil etilgan. Xalqaro amaliy sanʼat festivali, kulolchilik simpoziumi, jahon xalqlarining anʼanaviy liboslari festivali va rassomlarning xalqaro forumi diqqatga sazovor. Qoʻgʻirchoq teatrida mehmonlar papier-machedan tayyorlangan oʻzbek milliy qoʻgʻirchoqlari spektaklini tomosha qilishlari mumkin. Ularning prototiplari milliy ertak qahramonlari boʻladi. Teatrda yodgorlik doʻkoni mavjud boʻlib, u yerda Oʻzbekistonga sayohatingiz xotirasiga oʻzingiz yoqtirgan qoʻgʻirchoqni xarid qilishingiz mumkin.