Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi — turmush kechirishning asosiy manbai sanaluvchi boquvchi shaxs vafot etganligi tufayli uning qaramogʻida va taʼminotida boʻlib kelgan mehnatga yaroqsiz shaxslarga tayinlanadigan va toʻlanadigan pensiya turi. Boquvchi shaxs kasb kasalligi yoki ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar tufayli vafot etganida marhumning qaramogʻidagi shaxslarga mexnat stajidan qatʼi nazar, pensiya tayinlanaveradi. Turmushdagi (maishiy) jarohat yoki umumiy kasalliklardan vafot etgan boquvchi qaramogʻida boʻlib kelgan oila aʼzolariga marhum boquvchisi qonunda belgilangan ish stajiga (yoshga mutanosib) ega boʻlganida toʻliq pensiya tayinlanadi. Bunday pensiya toʻliqsiz mehnat staji bilan ham tayinlanishi mumkin. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlash asoslari va shartlari, pensiya olishga xaqli boʻlgan mehnatga yaroqsiz shaxslar doirasi, imtiyozli shartlarda pensiya tayinlanishi masalalari qonunda va b. qonun xujjatlarida belgilab quyiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi