Kontent qismiga oʻtish

Boris Babayan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boris Artashesovich Babayan (rus. Бабаян Арташесович Борис; arman. Բորիս Արտաշեսի Բաբայան 1933-yil 20-dekabrda Bokuda tugʻilgan) sovet-arman kompyuter olimi, SSSR va Rossiyada dastlabki super kompyuterlarning yaratilishida katta hissa qoʻshgan inson.

Boris Babayan
Борис Бабаян
Tavalludi

1933-yil 20-dekabr (89-yosh)
Boku,

SSSR
Fuqaroligi rus
Sohasi Kompyuter olimi
Institutlar Moskva fizika-texnika instituti
Mashhur ishlari Elburs superkompyuterlarining bosh arxitektori
Mukofotlari

Lenin ordeni (1987-yil),

SSSR Davlat mukofoti (1974-yil)

Babayan Sovet Ittifoqining Boku shahrida arman oilasida tugʻilgan. 1957-yilda Moskva fizika-texnika institutini tamomlagan va fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1964—1971-yillar oraligʻida esa fan doktori ilmiy darajasini yoqlagan.

1956—1996-yillar Babayan P. N. Lebedev nomidagi Fizika institutida dasturiy taʼminot boʻlimida boʻlim boshligʻi vazifasida ishlagan. Babayan va uning jamoasi birinchi super kompyuterini 1950-yilda yaratgan. 1970-yillarda bosh arxitektor V. S. Burtsevning oʻrinbosarlaridan biri boʻlib, u birinchi superskalyar kompyuter Elbrus-1 va El-76 dasturlash tili ustida ishlagan[1]. Ushbu kompyuterlardan 1978-yilda, Gʻarbda kompyuter dasturlari paydo boʻlishidan oʻn yil oldin, Sovet Ittifoqi oʻzining raketa tizimlarini, yadro va kosmik dasturlarini ishlab chiqqan.

Babayan boshchiligidagi jamoa Elbrus-3 kompyuterini Epic Parallel Instruction Computing (EPIC) dasturi arxitekturasidan foydalangan holda ishlab chiqqan.

1992-yildan 2004-yilgacha Babayan Moskvadagi SPARC Texnologiya markazi (MCST) va Elbrus International kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Ushbu lavozimlarda u Elbrus 2000 (Elbrus-3 ning bir chipli modeli) va Elbrus90micro (mahalliy ishlab chiqilgan mikroprotsessor asosidagi SPARC kompyuteri) loyihalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilgan.

2004-yil avgust oyidan Babayan Intel korporatsiyasining dasturiy taʼminot guruhida arxitektura direktori va Moskvadagi Intel R&D markazining ilmiy maslahatchisi boʻlgan. U kiberxafvsizlik texnologiyalari sohasida ham ishlagan. U Intel Fellow mukofotiga ega boʻlgan ikkinchi yevropalik hisoblanadi (norvegiyalik Tryggve Fossumdan keyin)[2].

1984-yildan SSSR Fanlar akademiyasining (keyinchalik – Rossiya Fanlar akademiyasi) faxriy aʼzosidir. 2007-yildan boshlab u Moskva fizika-texnika institutida professor boʻlib ishlaydi va Moskvada joylashgan Intel korporatsiyasining ilmiy-tadqiqot markazida mikroprotsessor texnologiyasi kafedrasi boʻlimi bosh’ligʻi sifatida ishlab kelmoqda.

Babayan Sobiq Ittifoqning ikkita oliy mukofoti bilan taqdirlangan:

  • 1974-yilda kompyuter texnikasi dizayni sohasidagi yutuqlari uchun SSSR Davlat mukofoti;
  • 1987-yilda Elbrus-2 superkompyuteri dizayni uchun Lenin mukofoti.
  1. „Эль-76“.
  2. „Babayan receives Intel Fellow title (in Russian)“. 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.