Boris Baklunov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Boris Semyonovich Baklunov | ||
Tavallud sanasi | 24-iyul 1913-yil | ||
Tavallud joyi | Serdar, Kaspiyorti viloyati, SSSR | ||
Vafot sanasi | 1978-yil (65 yosh) | ||
Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
. | Lokomotiv (Toshkent) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Boris Semyonovich Baklunov (ruscha: Баклунов, Борис Семёнович; 1913-yil 24-iyul, Qizilarvot – 1978-yilda vafot etgan) – sovet futbolchisi, futbol hakami va sport jurnalistida faoliyat olib borgan.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boris Baklunov 1913-yil 24-iyulda Zakaspiy viloyatining Qizilarvot shahrida (hozirgi Qizilarbat, Turkmanistonning Bolqon viloyati) tugʻilgan.
1935—1936 va 1942—1953-yillarda Qizil Armiya saflarida xizmat qilgan. Boris siyosiy xodim boʻlib, kapitan unvoniga ega edi[1]. Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan[2].
Baklunov Oʻzbekiston SSR chempionatida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi tarkibida havaskorlar darajasida futbol oʻynagan[3].
Keyinchalik futbol hakamlik faoliyatini boshlagan va SSSR musoboqlarida Toshkentlik hakam sifatida ishtirok etgan. 1955—1966-yillarda SSSR chempionati va kubogi bahslarida ishlagan. 1959-yil 7-yanvardan Sovet Ittifoqi Oliy toifali hakami boʻlgan. 1960—1963-yillarda Boris bosh hakam va yordamchi sifatida SSSR Oliy ligasining 6 ta uchrashuvini boshqargan[4][5]. Oʻzbekiston SSR futbol hakamlar hay’ati raisi, Butunittifoq hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan[6].
Sport jurnalisti sifatida ishlagan. Boris futbol oʻyinlaridan reportajlar va haftalik „Futbol“[7] va Oʻzbekistonning „Pravda Vostoka“ respublika gazetasida maqolalar chop etgan[8].
Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi oʻyinlari dasturlari hammuallifi boʻlgan[9].
1978-yilda vafot etgan.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali
- Faxriy hakam koʻkrak nishoni (1963)[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Сведения о Борисе Баклунове из картотеки политработников“. poisk.re.
- ↑ „Баклунов Борис Семенович | Sport-strana.ru“ (ru-RU) (2024-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Баклунов Борис Семёнович“. footballfacts.ru. Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Баклунов Борис Семенович | Sport-strana.ru“ (ru-RU) (2024-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Баклунов Борис Семёнович“. footballfacts.ru. Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
- ↑ Новый состав ВКС // Футбол-хоккей. — 1972. — № 10. — С. 16.
- ↑ Б. Баклунов. Впервые за три года // Советский спорт. — 1962. — 2 oktyabr. — С. 4.
- ↑ „Протокол матча Пахтакор (Ташкент) - Зенит (Ленинград) 2:1 (0:1)“. web.archive.org (2014-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Торпедовские архивы“. web.archive.org (2014-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Баклунов Борис Семенович | Sport-strana.ru“ (ru-RU) (2024-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 24-iyulda tugʻilganlar
- 1913-yilda tugʻilganlar
- Serdarda tugʻilganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- 1978-yilda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Alifbo boʻyicha hakamlar
- SSSR futbol hakamlari
- Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Toshkentlik kishilar
- Sport jurnalistlari