Kontent qismiga oʻtish

Boris Beglov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Beglov Boris Mixaylovich
Tavalludi 8-iyul 1938-yil
Tula viloyati, Novomoskovsk
Fuqaroligi Oʻzbekiston va SSSR
Sohasi kimyo
Institutlar Umumiy va noorganik kimyo instituti
Taʼlimi Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari instituti
Mashhur ishlari tiokarbamid olish usuli[1]

Beglov Boris Mixaylovich (1938-yil 8-iyul, Novomoskovsk) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), texnika fanlari doktori (1975), professor (1983).[2]

Bolalik va yoshligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beglov Boris Mixaylovich Tula viloyatining Novomoskovsk shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1941 - yilning oktabrida Novomoskovsk shahrini nemis askarlari bosib olgani sababli Beglov oilasi Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga evakuatsiya qilindi.

1955 - yilda Chirchiq sharining 8 - oʻrta maktabini kumush medali bilan bitirdi.

1960 - yilda Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida muhandis-texnolog malakasini oldi.

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1963 - yilda OʻzSSR Fanlar akademiyasining kimyo institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi.

1970 - 1972 - yillarda Chirchiq tajribiy-ishlab chiqarish laboratoriyasining bosh mudiri lavozimida ishladi.

1982 - yilgacha institutning fan boʻyicha direktor oʻrinbosari, soʻngra 1989 - yilgacha institut direktori boʻlib faoliyat yuritdi.

Hozirgi kunda OʻzR Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining fosforli oʻg'itlar laboratoriyasining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlab kelmoqda. Shu bilan birga, OʻzR Fanlar akademiyasining Oʻzbek kimyo jurnalining bosh muharriri oʻrinbosari, "Kimyo texnologiyasi. Boshqaruv va nazorat." jurnalining tahririyat kengashi aʼzosi boʻlib ish faoliyatini yuritmoqda.[2]

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1964 - yilda 26 yoshlik Boris Beglov texnika fanlari nomzodligi ilmiy unvoni uchun Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida dissertatsiya yoqladi.

Oradan 11 yil oʻtib 1975 - yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.

1987 - yilda OʻzR Fanlar akademiyasining "Noorganik moddalar kimyo texnologiyasi" mutaxassisligi boʻyicha aʼzosi deb tanlandi.

2000 - yilda shu mutaxassislik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi boʻlib tanlandi.

Beglov Boris Mixaylovich ilmiy faoliyati mobaynida 6 monografiya va 116 mualliflik sertifikati va patentlar qabul qilingan.[3]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. http://www.findpatent.ru/patent/181/1810339.html - patentlar bazasi
  2. 2,0 2,1 http://uz.ionx.uz/ (Wayback Machine saytida 2016-08-11 sanasida arxivlangan) - Umumiy va noorganik instituti rasmiy sayti
  3. http://www.findpatent.ru/patent/181/1810339.html - patentlar bazasi