Kontent qismiga oʻtish

Boris Blyum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boris Isaakovich Blyum (1931-yil 25-avgust, Toshkent) — sovet meʼmori, maktablar, turar-joy, jamoat va sanoat binolarining namunaviy loyihalari muallifi sanaladi.

SSSR arxitektorlar ittifoqining faxriy yorlig‘i, 1958-yil
SSSR arxitektorlar ittifoqining diplomi, 1962-yil
“O‘zbekiston qurilishi va arxitekturasi” jurnali sahifasi, 1968-yil
SSSR arxitektorlar ittifoqining diplomi, 1986-yil

Blyum, Boris Isaakovich Toshkentda yahudiy oilasida shahardagi taniqli shifokor-laringolog xonadonida dunyoga keladi. Onasi pianinochi boʻlgan va eri vafotidan keyin 1937-yilda u ikkita bolani - Borya va Innani (keyinchalik shifokor boʻlgan katta opa) yolgʻiz tarbiyalagan. Xotini Susanna — endokrinolog-shifokor. Qizi - Irina, meʼmor. Ikki nabirasi: kattasi umumiy amaliyot shifokori, kichigi talaba.

U 1939—1949-yillarda maktabda (102-maktabda — 1-4-sinflarni, 50-maktabda — 5-10-sinflarni) oʻqigan. 1949-yilda Oʻrta Osiyo politexnika instituti qurilish fakultetining arxitektura boʻlimiga oʻqishga kirib, uni 1955-yilda imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. Bitiruv oldi amaliyoti Leningrad shahridagi “Lenloyiha” institutining 3-sonli ustaxonasida oʻtkazadi va uni institutni tugatgandan soʻng ishga taklif qilishdi. Ammo oilaviy sabablarga koʻra taklif inobatga olinmay, Toshkentda qolib ketadi va oʻz faoliyatini “Oʻzdavloyiha” institutida Namunaviy loyihalashtirish boʻlimida davom ettiradi.

Blyum 1952-yildan talabalik davrida “Oʻzdavloyiha” institutida I.A.Rachin ustaxonasida namunaviy loyihalash boʻlimida texnik-arxitektor boʻlib ishlaydi. Boris 1952—1963-yillarda “Oʻzgosloyiha” institutida, namunaviy loyiha boʻlimida texnik-arxitektordan tortib, loyihalar bosh meʼmorigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi va 1960-yildan SSSR arxitektorlar uyushmasi aʼzosiga aylanadi. U 1963—1969-yillarda Toshkent zonal tajriba-loyihalashtirish ilmiy-tadqiqot institutida (ToshZTLITI)loyihalar bosh arxitektori, arxitektura ustaxonasi mudiri sifatida faoliyat yuritadi. U ustaxona jamoasining umumiy yigʻilishi tomonidan rahbarlik lavozimiga tayinlanadi.

Blyum 1969-yilda oilasi bilan Moskva viloyatining Ivanteyevka shahriga keladi va “Soyuzvodproyekt” institutiga ishga kirib, 1997-yilgacha boʻlim bosh mutaxassisi, bosh loyiha arxitektori, bosh arxitektor vazifalarida ishlaydi. Keyinchalik u 1997-yilda AQSHga koʻchib oʻtadi. Dastlab Indiana shtatining Bloomington shahrida va 2000-yildan buyon Merilend shtatining Baltimor shahrida istiqomat qiladi.

  • “1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun” medali — 1947-yilda
  • “Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30, 40, 50 va 60 yilligi” medallari — 1975, 1985, 1995, 2005-yillarda.
  • “Mehnat faxriysi” medali – 1985-yilda.
  • SSSR XXYUK (Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi) oltin va kumush medallari – 1980—1986-yillarda.
  • 14 nafar Toshkent komissarlari yodgorligi loyihasi boʻyicha Butunittifoq tanlovida 3-mukofot – 1957-yilda.
  • 15 oʻrinli mehmonxonaning namunaviy loyihasi uchun yosh me’morlar ishlarining Butunittifoq koʻrib chiqish diplomi – 1959-yilda.
  • 1280-1320 oʻquvchiga moʻljallangan maktabning namunaviy loyihasi uchun arxitektura boʻyicha Oʻzbekiston SSR Respublika mukofoti – 1967-yilda.
  • Volga-Don nasos stansiyasi loyihasi uchun yilning eng yaxshi me’moriy loyihalarini koʻrib chiqishda SSSR AI Moskva filialining diplomi — 1986-yilda.

Nashr ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • “Oʻsish odimlari” (s’yezdoldi suhbati), “Oʻqituvchi” gazetasi, Toshkent, 1968-yil 14-yanvar.
  • “Oʻzbekiston maktablarining mavjud va loyihalashtirilgan namunaviy loyihalari tahlili”, Oʻzbekiston arxitektura va qurilishi, 1968-yil.
  • „1-310i/64 turar-joy binolarining takomillashtirilgan namunaviy loyihalari seriyasi“. Oʻzbekiston arxitekturasi va qurilishi, 1966-yil