Kontent qismiga oʻtish

Boris Falkovich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Boris Moiseyevich Falkovich (1896—1931-yillarda yashab oʻtgan) — sovet iqtisodchisi va arbobi.

Biografik maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boris Moiseyevich Falkovich 1919-yildan boshlab metallurgiya ishchilari kasaba uyushmasida kotib vazifasida ish boshlagan. 1920-yilda viloyat xoʻjalik kengashining hay’at a’zosi,  hisob va taqsimlash boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 1922-1924-yillarda Xalqaro zavod direktori, 1924-1926-yillarda,,Polesotorg”ning viloyat boʻlimi boshligʻi lavozimida mehnat qilgan. 1927-1931-yillarda  esa,,Oʻzbektorg” korxonasining boshqaruvchisi va boshqaruv raisi, Xalq taʼminot komissarligi yi‘gʻilishi aʼzosi, komissar oʻrinbosari sifatida xizmat qilgan.

Shu bilan birga, Falkovich 1931-yildaOʻzbekiston SSR Ta’minot xalq komissari vazifasida  ham ishlagan.

  • Rus yahudiy entsiklopediyasi