Boris Kim
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Boris Aleksandrovich Kim (1922. 10.10, Vladivostok — 1996.3.6, Buxoro) — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1970). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1956). 1965 yildan Buxoro teatrida bosh rassom. K. ijodi har bir spektaklning ruhiga mos taʼsirchan muhit yaratishi bilan diqqatga sazovor. "Maysaraning ishi" (1949, Hamza), "Uylanish" (1952, N. Gogol), "Alisher Navoiy" (hamkorlikda, 1952, Uygʻun va I. Sulton), "Suymaganga suykanma" (1957, S. Xoʻjaniyozov), "Vatan ishqi" (1958, 3. Fatxullin, Sh. Saʼdulla), "Hamlet" (1968, U. Shekspir), "Revizor" (1976, N. Gogol), "Kelin va kuyov" (1977, M. Bayjiyev), "Layli va Majnun" (1978, Xurshid), "Mukofot" (1979, A. Gelman), "Guli siyoh" (1984, S. Jamol) va b. spektakllarga dekoratsiyalar, tarixiy va maishiy liboslar yaratgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |