Boris Kolker
Boris Grigoryevich Kolker (15 iyul 1939 yilda, Moldaviya SSR,Tiraspol shahrida tug’ilgan) Tillar o’qituvchisi, tarjimon, Esperanto darsligi muallifi. Rus, Sovet fuqarosi, 1993 yildan AQSh fuqarosi, Ogayo shtatinig Klivlend shahrida istiqomat qiladi.
Boris Kolker Esperanto tilini 1957 yilda o’rgangan. Tilshinoslik doktori. Ilmiy ishini disertatsiyasini esperantologiya iboralari bo’yicha himoya qilgan. 3ta Esperanto tili darsliklari, tilshinoslik bo’yicha maqolalar va taqrizlar muallifi. U “Esperanto mamlakatiga sayohat” nomli ham mukammal darslik, ham Esperanto madaniyatiga yo’llanma kitobi orqali Esperanto olamining vazxoni sifatida ko’pchilikka tanilgan.
U Esperanto Akademiyasi a’zosi, UEA (Xalqaro Esperanto Asotsiatsiyasi) ning faxriy a’zosi, “Monato” jurnalinng hammuharriri, 20 yil davomida Rossiyada xat yozish orqali tilni o’rgatish kursini olib borgan va u orqali 900 kishiga diplom bergan, ularning bir nechasi O’zbekistondandir. Esperanto tilini AQShning San Fransisko va Hatford universitetlarida o’rgatgan. Hozirgi kunda internet orqali Xalqaro chuqurlashtirilgan yozuv kursini boshqarmoqda. Turli davrlarda sobiq Sovet Ittifoqi va Rossiyada turli Esperanto tashkilotlarining asoschisi va rahbari bo’lgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida Boris Kolker O’zbekistonning Qarshi shahrida yashagan. Sovet Esperantist Yoshlarining O’zbekistonda 1981 yildagi uchrashuvida ishtirok etgan, 1982 va 1984 yillaridagi Samarqandda bo’lib o’tgan Esperantochilarning ilmiy seminarlarida ishtirok etgan.
Disertatsiyasi (kandidatlik ilmiy ishi)
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Esperanto tilining tuzilishi va rivojlanishiga rus tilining hissasi. ('Вклад русского языка в формирование и развитие эсперанто.). Moskva. SSSR Fanlar Akademiyasi. Tilshinoslik Instituti. 1985 yil. 23 bet. Doktorlik disertatsiyasi Tilshinoslik bo’yicha rus tilida yozilgan.
Darsliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Учебник языка эсперанто. Основной курс (Esperanto tili darsligi. Boshlang’ich kurs.).
- Эсперанто за 16 дней. Экспресс-курс (Esperanto 16 kunda. Ekspress kurs.).
- Международный язык эсперанто. Полный учебник (Wayback Machine saytida 2010-11-22 sanasida arxivlangan) (Xalqaro Esperanto tili. To’liq darslik.).
- Vojaĝo en Esperanto-lando. Perfektiga kurso de Esperanto kaj gvidlibro pri la Esperanta kulturo. (Wayback Machine saytida 2009-07-06 sanasida arxivlangan) (Esperanto mamlakatiga sayohat. Esperanto tilining mukammal kursi va Esperanto madaniyatiga yo’llanma kitobi.).
Lug'at
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Эсперанто-русский словарь: ок. 3000 слов. — Moskva: Impeto, 1993. — 53 с. ISBN 5-7161-0002-3.