Boris Konunov
Boris Konunov | |
---|---|
Tavalludi |
24-may 1947-yil |
Fuqaroligi | SSSR Moldova |
Kasbi | kinorejissyor, ssenarist |
Otasi | Aleksandr Konunov Filippovich |
Boris Aleksandrovich Konunov (1947-yil 24-may, Toshkent) – Moldova sovet kinorejissyori va ssenariy muallifi. Moldovada xizmat koʻrsatgan sanʼatkor (2000)[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boris Konunov 1947-yil 24-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Moldaviyalik ssenariynavis, muharrir va tarjimon Aleksandr Filippovich Konunovning oʻgʻli (1912, Kishinyov – 1992). Onasi – kimyo fanlari doktori (1976), professor Silya Borisovna Konunova (1920–2010[2]), shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida SSSR chempioni (1938) va Ukraina SSR chempionati gʻolibasi (1949)[3][4][5]. Silya Konunova Kishinyov politexnika instituti noorganik kimyo kafedrasining asoschisi va birinchi mudiri (1964–1975) hamda „Sirkoniy va gafniyning organik ligandlar bilan koordinatsion birikmalari“ (Kishinyov: Shtiintsa, 1975) monografiyasi muallifi[6][7]. Opasi oʻqituvchi Irina Aleksandrovna Konunova.
Boris oʻz faoliyatini rejissyor yordamchisi, soʻngra „Moldova-Film“ kinostudiyasida ikkinchi rejissyor sifatida boshlagan. Ikkinchi rejissyor sifatida „Dmitriy Kantemir“ filmini suratga olishda ishtirok etgan.1969-yildan „Moldova-Film“ kinostudiyasida rejissyor lavozimida faoliyat yurita boshlagan.
1972-yilda VGIKning kinoshunoslik fakultetini sirtqi boʻlimini tamomlagan.
Boris Aleksandrovich drama, melodrama, komediya janrlarida filmlar suratga olgan. Uning filmlarida Nikolay Karachentsov, Tatyana Dogileva, Liya Axedjakova, Natalya Sayko va bolgar kinosi yulduzi Stefan Danailov kabi taniqli aktyorlar rol oʻynagan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rafiqasi Anna, kinooperator.
Qizi – Yelena Borisovna Konunova, musiqashunos.
Nabirasi – Aleksandra Konunova (fransuzcha: Alexandra M. Conunova-Dumortier, 1988), skripkachi, Joseph Joachim xalqaro skripka tanlovi (birinchi mukofot) va P. I. Chaykovskiy nomidagi Joseph Joachim skripkachilar tanlovi laureati.
Jamoatdagi oʻrni
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil mart oyida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun[8] „KinoSoyuz“ „Mi s vami!“ maktubiga imzo chekdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Moldova ot 22 dekabrya 2000 goda № 1823 „O nagrajdenii gruppi chlenov Soyuza kinematografistov gosudarstvennimi nagradami“
- ↑ F.5659.jpg Evakuatsionnaya kartochka Tsili Borisovni Frid
- ↑ Igor Berdichevskiy „Yevreyskaya shaxmatnaya ensiklopediya“
- ↑ „Шахматный король Одессы“. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
- ↑ „Николай Заноздра: Каисса уступила Асклепию“. 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
- ↑ „Дом учёных и специалистов Реховота“. 2018-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
- ↑ „История кафедры химии“. 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
- ↑ „Мы с вами!“. kinosoyuz.com (2014-yil 8-mart). 2017-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.