Kontent qismiga oʻtish

Boris Nadejdin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Boris Borisovich Nadejdin (1905.4.5, Smolensk shahri – 1961.7.3, Toshkent) – kompozitor va pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936), Toshkent konservatoriyasida (1937-yildan), Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida (1941 – 45) oʻqituvchi. Oʻzbekistonda professional kompozitorlik taʼlimi rivojiga, musiqa maktablari pedagogik (fortepiano) repertuari shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. Ijodida oʻzbek xalq kuylariga keng tayangan va ijobiy qoʻllagan. Bastakorlar T. Jalilov bilan hamkorlikda „Asrlar“ (1943) va "Alpomish (1949), Yu. Rajabiy bilan „Farhod va Shirin“ (1944) musiqali dramalarini yaratgan. Shuningdek, simfonik orkestr uchun „Simfoniyetta“, „Segoh“, „Paxta“ (Yu. Rajabiy bilan), „Bolalarga“, „Vals“, ovoz va cholgʻular orkestri uchun „Abdurahmonbegi“, „Ey, Vatan“; bolalar uchun fortepiano pyesalari va qoʻshiqlar yaratdi. Toshkentdagi 5-bolalar musiqa maktabiga N. nomi berilgan. Shogirdlari orasida S. Boboyev, B. Giyenko, Sayfi Jalil, T. Qurbonov, S. Hayitboyevlar bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil