Boris Shipulin
Boris Shipulin | |
---|---|
Tavalludi |
27-dekabr 1876-yil (8-yanvar 1877-yil) |
Vafoti |
23-fevral 1938-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Arxiyepiskop Boris (dunyoda Vladimir Pavlovich Shipulin, 27-dekabr 1874-yil, Velsk, Vologod viloyati – 1938-yil 23-fevral, Toshkent) – pravoslav rus cherkovi yepiskopi, Toshkent arxiyepiskopi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boris 27-dekabr 1874-yilda Vologod viloyatining Velsk shahrida (hozirgi Arxangelsk viloyatining markazi) hisobchi oilasida tavallud topgan. 1886-yilda Vologod viloyati Velikiy Ustyug shahridagi boshlangʻich maktabni, 1890-yilda Vologod ilohiyot bilim yurtini, 1896-yilda Vologod diniy seminariyasini hamda 1900-yilda Moskva diniy akademiyasini ilohiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi bilan tugatgan.
Shipulin 1901-yil 14 (27)-yanvarda iyerodiakon, 31-martda iyeromonax, akademiya inspektori yordamchisi etib tayinlangan. 1902-yildan Kursk diniy seminariyasi inspektori, 1904-yildan arximandrit va Pskov diniy seminariyasi rektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Shipulin 1905-yildan Moskva Kreml qal’asidagi oʻn ikki havoriylar cherkovining bosh ruhoniysi va 1906-yildan Novospasskiy monastiri abbati boʻlgan. U 1907-yildan Rossiya xalqlari ittifoqining faxriy aʼzosi hamda 1909-yildan Moskva diniy seminariyasi rektori boʻlgan.
Arxiyepiskop
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boris 1912-yil 24-iyunda (7-iyul) Vinnitsa yepiskopi, Podolsk yeparxiyasining ikkinchi vikarisi etib tayinlangan. 1914-yil 14 (27)-fevralda Balta yepiskopi, xuddi shu yeparxiyaning birinchi vikarisi etib tayinlangan. Shipulin 1915-yil 12 (25)-fevralda Cheboksari yepiskopi, Qozon yeparxiyasining ikkinchi vikarisi etib tayinlangan va ayni paytda Qozon Kizicheskiy monastirining rektori boʻlgan[2].
IV (1911) va III (1915) darajali Muqaddas Vladimir ordeni bilan mukofotlangan.
Boris Shipulin 1921-yil dekabrda Ufa va Menzelinskiy yepiskopi etib tayinlangan. U 1922-yil fevral oyining oxiri mart oyining boshida[3] Ufaga kelgan va „Jivoy Serkvi“ ga qoʻshilgan. 1922-yil oktyabr oyida hibsga olindi va „oq toʻdalarni tashkil qilganligi, admiral Kolchak hukumatini maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlaganligi“ uchun 7 yilga majburiy mehnatga hukm qilingan. Ammo Boris amnistiya bilan ozod qilingan va Xarkovga surgun qilingan.
Yepiskop 1938-yil 23-fevralda Toshkentdagi OʻzSSR NKVD UGBning ichki qamoqxonasida otib oʻldirilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Архиепископ Борис (Шипулин), 1936-1938 гг.“. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ „БОРИС (ШИПУЛИН)“. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ „Архивированная копия“. 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
- ↑ ОСО СНБ Республики Узбекистан. Д. 9213..