Kontent qismiga oʻtish

Boris Zeydman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boris Isaakovich Zeydman (1908-yil 10-yavar, Peterburg; 1981-yil 30-dekabr, Toshkent) – kompozitor, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1978), Ozarbayjon (1956) va Oʻzbekiston (1964) da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, professor (1949). Leningrad konservatoriyasini va aspiranturasini (1936) tugatgan. Saratov (1931—33) va Leningrad (1933— 39) musika bilim yurtlarida oʻqituvchi, Ozarbayjon (193957) va Toshkent (1957—81) konservatoriyalarida kompozitsiyadan dare bergan. Shogirdlari – F. Amirov, S. Aleskerov, N. Muxatov, M. Kajlayev, Oʻzbekistonda – R. Hamrayev, T. Qurbonov, N. Zokirov, E. Solihov, Sh. Shoymardonova, D. Omonullayeva va b. 8 opera – „Maskarad“ (1958), „Zaynab va Omon“ (T. Sodiqov, D. Zokirov va Yu. Rajabiy bilan hamkorlikda, 1958) va b.; 5 balet – „Oltin kalitcha“ (1959), „Kulib turadigan odam“ (1962) va b.; 2 musikali drama – „Oʻgʻil uylantirish“ (S. Yudakov, Yu. Rajabiy bilan), „Qari qiz“ (F. Toshmatov bilan); 5 simfoniya, konsert va kamercholgʻu asarlar, romans va qoʻshiqlar muallifi. Ijodida rus mumtoz musiqa anʼanalariga tayangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil