Boris koʻli
Boris koʻli – Pokistonning Gilgit-Baltistondagi Hunza vodiysidagi koʻl[1]. Boris koʻli dengiz sathidan 2,600 metr (8,500 ft)[2] balandlikda joylashgan.
Geografik joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boris koʻli Husaynidan 2 km shimolda va 2500 metr (8200 fut) balandlikdagi kichik boʻshliqni egallagan shoʻr suv havzasidir. Koʻlga 2 yoʻl orqali borish mumkin: birinchidan, Gulmit qishlogʻiga tutash Husayniy qishlogʻidan. Ikkinchidan, toʻgʻridan-toʻgʻri Gulmitdan, Gulkin muzligining oxiri boʻylab 2-3 soatlik yoʻl hisoblanadi va bu yerga marshrut orqali ham borish mumkin. Bu joy yovvoyi qushlar uchun qoʻriqxona boʻlib, koʻpincha qushlarni kuzatishni xush koʻruvchilar va tabiatni sevuvchilar tashrif buyurishadi. Pokiston janubining issiq mintaqalaridan koʻp sonli qushlar uchib kelishadi. Qushlarning uchib kelishiga guvoh boʻlish uchun mart va iyun oylari orasida tashrif buyurish tavsiya etiladi. Qushlar shimoldan Markaziy Osiyo mintaqasiga uchish jarayonida aynan shu yerda Boris koʻlida dam olishadi. Xuddi shunday qushlarning safar jarayoni sentyabr – noyabr oylarida bu hodisa shimolga qarab qishning boshlanishi bilan teskari tartibda sodir boʻladi.
Har biri sayohat, 1 soat davom etadigan qisqa yoʻllar sayohatchi mehmonlarni Husayni muzligiga olib keladi. Sayyohlar mashrutlar orqali Boris koʻli tomon muzlik chetiga qadar borishlari va xuddi shu yoʻnalish boʻylab qaytishlari mumkin[2].
Passu Gar muzligiga qadar uzoqroq piyoda yurish talab etiladi. Passu Gar muzligi – Gulkin muzligi va Boris koʻlini kesib oʻtgan yana bir diqqatga sazovor joy. Xuddi shu yoʻl boʻylab Husayni muzligidan oʻtib, sayyohlar Boris koʻlining janubiy tomonida Borit-Bala va hozirgi choʻl Shahobod aholi punktiga guvoh boʻlishlari ham mumkin. Zahira suv taʼminotining yoʻqligi bu qishloq punktining koʻp yillar avvalroq choʻllanishiga olib keldi. Gulkindan Passugacha yurish taxminan 4–5 soat davom etadi. Gulkin muzligidan Qorakorum shossesi va Shisper mehmonxonasiga olib boruvchi yoʻl mavjud.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Borith Lake (Hunza) - 2021 All You Need to Know BEFORE You Go (with Photos)“ (en). Tripadvisor. Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „Borith Lake – Northerners“ (en-US). 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gulkin muzligi va Boris koʻli haqida maʼlumot
- Shimoliy Pokiston Google Earthdagi batafsil joy belgilari (Wayback Machine saytida 2012-02-04 sanasida arxivlangan)