Kontent qismiga oʻtish

Borobudur

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Borobudur (Borobudur) — Yava oroli (Indoneziya) dagi Budda ibodatxonasi, meʼmoriy yodgorlik. 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida tosh bulakla’ri (andezit)dan tabiiy tepalikda 9 qatlamli, pogʻonali koʻrinishda piramidalar (balandligi 31,5 m, asos uz. 123 m) dan hashamatli stupa qurilgan. Unda 504 Budda haykallari va 1460 boʻrtma tasvirlarda Budda hayoti aks ettirilgan. Qatlamlar shakliga koʻra, 2 qismga boʻlinadi. Quyi qismi qatlami 5 murabba tarx^i, yuqori qismi qatlami 3 aylana tarhli. Qatlamlar peshayvonli qilib qurilgan. B. ga sharqiy zinopoyadan chiqiladi. Har qatlamdagi peshayvonning kiraverishi chuqur ravoqli boʻlib, oʻymaboʻrtma naqsh va tasvirlar ("kala—makara") ishlangan. Yuqoriga zinapoyalar orqali koʻtariladi. Zinapoyalarning ikki tomonidan to markaziy stupagacha toshdan sherlarning shakllari ishlangan. Peshayvonlarning devorlari va toʻsiqlaridagi toshlarga boʻrtma tasvirlar ishlangan (unda Buddaning boshdan kechirganlari hikoya qilingan). Yuqoridagi 3 aylana stupalari qoʻngʻiroqcha shaklida boʻlib, ularning har biri ichiga Buddaning haykallari qoʻyilgan. Tepasidagi bosh stupada esa juda katta Budda haykali bor. B. urta asrlar Indoneziya sanʼatining nodir namunasi hisoblanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil