Bortvik qal’asi
Bortvik qal’asi ― oʻrta asrlardagi Shotlandiyaning eng yirik qal’alaridan biridir. U Edinburgdan 12 milya (19 km) janubi-sharqda, Bortvik qishlogʻidan sharqda[1] joylashgan. U 1430-yilda ser Uilyam Bortvik uchun qurilgan boʻlib, uning nomidan qal’a nomini oladi[2][3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyinchalik 1-Lord boʻlgan ser Uilyam Bortvik 1430-yil 2-iyunda qirol Jeyms Idan qalʼani qurish uchun litsenziya oladi[4]. Bu Shotlandiya uchun gʻayrioddiy edi, chunki zodagonlar qal’a qurish va uni mustahkamlash uchun ruxsat olishlari shart emas edi[5]. U yerning katta qismini qoʻshnisi Uilyam Xeydan sotib oladi, u bundan norozi boʻlib, qoʻshnisining qal’asiga havas qiladi[6]. Bu dastlab devorlari qalinligi 14 fut (4,3 m) va balandligi 110 fut (34 m) gacha boʻlgan tosh qal’a edi. Dizayni U shaklidagi qal’a boʻlib, proektsion, biroz assimetrik minoralar orasidagi masofa 12 fut (3,7 m) boʻlgan.
Bortvik qasriga 1563 va 1567-yillarda Shotlandiya qirolichasi Meri ikki marta tashrif buyurgan. Oxirgi marta u va uning yangi eri Jeyms Xepbern, Botvellning 4-grafi, 6-Lord Bortvik[7] himoyasi ostida ichkarida qamal qilingan edi. Qal’aning qamalidan qochib, Mariya sargardon qiyofasida qal’ani tark etadi[8][9]. Biroq, malika tez orada hibsga olinadi va Lochleven qal’asiga olib ketiladi va u yerda asirga olinadi. Bothwell Shotlandiya orollaridagi Orkneyga, soʻngra oʻsha paytda Daniya hukmronligi ostida boʻlgan Norvegiyaga qochib ketadi. Daniya qiroli uni Malmyoda, keyinroq Zelandiyadagi Dragsholmda qamoqqa tashladi va u yerda 1578-yilda vafot etadi. Uning mumiyalangan jasadi yaqin atrofdagi Faarvaldagi cherkovda saqlanadi[10].
1650-yilda qal’a Oliver Kromvel qoʻshinlari tomonidan hujumga uchraydi va bir nechta toʻpdan oʻq uzilganidan keyin taslim boʻladi[11].
Qal’a 1914-yilga kelib qayta tiklanadi. Ikkinchi jahon urushi paytida u milliy boyliklarni yashiradigan joy sifatida ishlatilgan. 1973-yilda u Bortvik klanidan ijaraga olingan va eksklyuziv ijara joyiga aylantirilgan. 2013-yil iyun oyida qal’a ulkan taʼmirlash uchun yopiladi va 2015-yil sentabr oyida tadbir oʻtkaziladigan joy sifatida qayta ochiladi.
Qal’aning tasviri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The Baronial and Ecclesiastical Antiquities of Scotland, 1901. ; John Hill Burton}}
- ↑ Scott 1834, p.196
- ↑ Chambers 1828, p.100
- ↑ Scott 1834, p.197
- ↑ Scott 1834, p.198
- ↑ Scott 1834, p.200
- ↑ Strickland, Agnes. Lives of the Queens of Scotland and English Princesses Connected with the Regal Succession of Great Britain. Harper & brothers, 1855 — 274-bet.
- ↑ Tytler 1840, p.128
- ↑ Black, Charles. Black's Picturesque Tourist of Scotland.
- ↑ „James Hepburn, 4th Earl of Bothwell, c 1535 - 1578. Third husband of Mary, Queen of Scots (Study of mummified head)“ (en). National Galleries of Scotland. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
- ↑ The Picture of Scotland. William Tait, 1828 — 100—101-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Scott, Walter. The Miscellaneous Prose Works of Sir Walter Scott, Bart, 1834.
- Tytler, Patrick Fraser History of Scotland (неопр.). — William Tait, 1840.
- Chambers, Robert The Picture of Scotland (неопр.). — William Tait, 1828.