Bosh jome (Devonaboy) masjidi
Masjid | |
Bosh jome (Devonaboy) masjidi
Devonaboy | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Andijon shahri |
Manzil | Oltinkoʻl koʻchasi |
Masjid turi | Jomeʼ-masjid |
Meʼmoriy uslub | Sharqona, o'zbek meʼmorchiligi |
Binokorlik | 2019—2021 |
Soʻngi imom | Rojiddinov Miftohiddin |
Maqomi | Tugallangan |
Umumiy maydoni | 500 |
Oʻlchami | 200x5 |
Bino maydoni | bitta |
Hajmi | 30x3 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar balandligi | 2x55 metr |
Qurilish materiali | marmar, gʻisht |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona | |
Bosh jome (Devonaboy) masjidi Vikiomborda |
Bosh jome masjidi — 1899-yili qurilgan boʻlib, oʻsha davrda Andijon viloyatida 8 ta diniy muassasalaridan biri aynan ushbu Bosh jome (Devonaboy) masjidi edi[1].
2019-yilning yoz oylarida qayta qurilish ishlari boshlanib, 2021-yil may oyida yakuniga yetdi. Va oʻsha yilning 18-iyun kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Bosh jome masjidini ochib berdi[2].
Yangi bino qadimiy chor ayvon va chor darvoza uslubida barpo etilgan. Uning ikki chetida balandligi 54 metrlik minoralar, asosiy binoning tepa qismida diametri 18 metrli gumbaz qurilgan. Ilgari masjid sig‘imi 5 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, endi bino 15 mingdan ortiq namozxonni o‘z ichiga sig‘dira oladi. Masjidda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. U barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan[3].
"Bu dargohni barpo etishga hissa qo‘shgan muhandislar, quruvchi va bezakchilar, homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Masjid Andijon xalqiga muborak bo‘lsin, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilsin", — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev masjidga tashrifida[4].
Imom-xatib: Rojiddinov Miftohiddin
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Bosh jome (Devonaboy) masjidi haqida turkum mavjud |