Bosh qorakoʻl kollektori
Qiyofa
Bosh Qorakoʻl kollektori — Buxoro viloyatida Amu-Qorakoʻl kanali zonasida joylashgan. Kollektor dehqonchilik 1ilinadigan 17,9 ming ga maydondagi sizot va tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Umumiy r. 42 km. 1967-yilda qurilgan. Bosh Qorakoʻl kollektori tarkibida Yomonjar nasos stansiyasi ham ishlaydi. Bosh Qorakoʻl kollektori suvi Qizilqumni yonlab oʻtib, Tuzli koʻlga quyiladi. Qoʻshilish joyida suv sarfi 11,4 m³/sek. Bosh Qorakoʻl kollektori va boshqa kollektorlar suvini Amudaryoga parallel holda qazilayotgan Bosh yigʻuvchi kollektorga oqizish ishlari olib borilmoqda[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |