Kontent qismiga oʻtish

Boshlangʻich material

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boshlangʻich material (seleksiyada) — yangi nav yaratishda foydalaniladigan yovvoyi va madaniy oʻsimlik shakllari. Boshlangʻich material sifatida tabiiy va duragay populyatsiyalardan, mutant va poliploid nusxalardan, oʻzidan changlantirilgan liniyalardan foydalanish mumkin. Tabiiy populyatsiyalar — oʻsimliklarning yovvoyi shakllari, madaniy oʻsimliklarning mahalliy navlari, ekinning jahon kolleksiyasidagi namunalari koʻpincha kasallik va zararkunandalarga, suv tanqisligiga chidamli boʻladi. Boshlangʻich material ekinlari seleksiyasida asosiy Boshlangʻich material duragay populyatsiyalardir. Ular bir tur miqyosida (tur ichida) yoki turlar oʻrtasida (turlararo) har xil navlar va nusxalarni chatishtirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Duragayda turli belgilarni jamlash madaniy oʻsimliklarning qimmatli xususiyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Hozirgi zamon seleksiyasida koʻpchilik ekin navlari duragay populyatsiyalar asosida yaratilgan.

Oʻsimliklar (urugʻ)ga turli mutagen omillar (radiatsiya, kimyoviy moddalar, temperatura) taʼsir ettirib olinadigan oʻzgargan nusxalar —mutantlar seleksiyada Boshlangʻich material ning yangi manbai hisoblanadi (mas, gʻoʻzaning AN402 navi chigitga radioaktiv fosfor taʼsir ettirib olingan). Bir-biridan geografik uzok, otatona nusxalarini tanlash turli sharoitlarda oʻziga xos eko/iillarning shakllanishiga asoslangan. Ularning ahamiyati chatishtirish natijasida yaxshilash yoki hosil qilish mumkin boʻlgan qimmatli belgi va xususiyatlarning genetik farqlariga qarab belgilanadi. Kasalliklarga chidami turlicha boʻlgan otaona nusxalarini tanlashda kasallik qoʻzgʻatuvchisining irqiy tarkibi hisobga olinadi. Bunda irsiylanish tabiatini oʻrganish, Boshlangʻich material ning kasalliklarga chidamliligi muhim ahamiyatga ega (qarang Seleksiya).[1]

  1. "Boshlangʻich material" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil