Kontent qismiga oʻtish

Boshliqqa qarshilik ko'rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish — OʻzR JKning 281-m.sida boshliqqa yoki boshqa harbiy xizmatchilarga ular majburiyatlarini bajarish paytida zoʻrlik ishlatib yoxud zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, faol qarshilik koʻrsatish uchun javobgarlik belgilangan. Boshliq qoʻl ostidagilarga rahbarlik qiladi, oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganida ularni naryadga kirishishga tayyorlaydi va hokazo. Ayrim xollarda boshliq xizmat majburiyatlarini bajarishni toʻsatdan boshlashi mumkin. Mas . , boshliq sh.da oʻziga boʻysunuvchini jamoatchilik tartibini buzayotganida koʻrib qolsa, bu noqonuniy xarakatlarni toʻxtatishni talab qiladi. Boshqa harbiy xizmatchilar xarbiy xizmat yuzasidan oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajaruvchi deb maxsus majburiyatlar, mas. , qorovul, patrul yoki ichki naryad tarkibida yoxud boshliq buyrugʻi bilan hisoblanishi mumkin. Majbur qilish deb oʻzining yoki boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab boshliq yoki boshqa shaxsning xizmat majburiyatlarini buzishga qaratilgan faol va tashabbuskorona xatti — harakatlar tushuniladi[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi