Boshqariladigan zenit raketalari
Qiyofa
[1] Boshqariladigan zenit raketa (BZR) — yer-havo sinfiga mansub raketa bo'lib, zenit-raketa majmuasi(ZRM)ning bir qismi hisoblanadi va turli havo nishonlarini yo'q qilish uchun mo'ljallangan.
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raketalar joylashtirish turi, yo'q qilish masofasi va balandligi, nishonga tegishning maksimal tezligi va ishga tushirish tamoyillari bo'yicha farqlanadi. Suyuq va qattiq yoqilg'i dvigatellari bilan ishlaydigan raketalar mavjud.
- Boshqaruvi bo'yicha
- radioboshqaruvli
- radioto'lqin bo'yicha boshqariladigan
- o'zi boshqariladigan
- aralash
- Aerodinamik tuzilishiga ko'ra
- normal (stabilizatorlari orqada, ruli oldinda) va uning kichik turlari - dumsiz (stabilizator rul bilan "birlashtirilgan")
- kanard (oldida rullar, orqada stabilizatorlar)
- yuk ko'taruvchi konus (orqada rullari bo'lgan konussimon fyuzelyaj)
Zenit raketalar ham statsionar, ham mobil, ham ko‘chma raketa majmualarida qo‘llanilishi mumkin.
Qurilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshqariladigan zenit raketa quyidagilardan tashkiltopgan
- Fyuzelaj va quyruqni o'z ichiga olgan korpusi (rullar va stabilizatorlar)
- Dvigatel
- Avtopilot
- Girouskunalar
- Pnevmatik va elektr quvvat manbalari
- Qabul va uzatish qurilmalari
- Kontaktli va kontaktsiz portlagichlar
- Jangovor kallak (oskolko-fugasli yoki maxsus)