Kontent qismiga oʻtish

Boshqirdiston Respublikasi milliy muzeyi

Koordinatalari: 54°43′13.01″N 55°56′48.98″E / 54.7202806°N 55.9469389°E / 54.7202806; 55.9469389
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boshqirdiston Respublikasi milliy muzeyi
Joylashuvi Boshqirdiston
Direktor Isxakov Rustam
Sayt http://www.museumrb.ru/
Boshqirdiston Respublikasi milliy muzeyi Vikiomborda

54°43′13.01″N 55°56′48.98″E / 54.7202806°N 55.9469389°E / 54.7202806; 55.9469389

Muzey binosining asosiy qismi

Boshqirdiston Respublikasi milliy muzeyi davlat byudjetidam moliyalashtiriluvchi madaniyat va sanʼat muassasasi. Bu Boshqirdistondagi eng yirik va qadimgi muzeylardan biri[1]. Asosiy bino Ufa shahrida joylashgan, bir qancha filiallari mavjud.

Muzey[2] 1864-yil 23-aprelda Orenburg viloyatining oʻlka statistika qoʻmitasi huzurida qoʻmitaning bir qancha aʼzolari (K. A. Bux, N. A. Gurvich, A. A. Pekker, V. I. Vlasov) tashabbusi bilan tashkil etilgan.

1989-yil dekabr oyidan beri muzey sobiq Dehqon yer banki binosida faoliyat yuritmoqda.

2001-2003-yillarda Binoda katta taʼmirlash ishlari olib borildi.

Boshqirdiston Respublikasi Milliy muzeyi Ufa shahrida joylashgan asosiy muzeydir. Boshqirdiston Respublikasi Milliy muzeyi tarkibida 10 ta filial bor, ulardan oltitasi shaharlarda va uchtasi qishloqlarda joylashgan.

Muzey tarkibida 35 ta koʻrgazma zal mavjud. Zallarda etnografiya, numizmatika, dehqonchilik, uy-roʻzgʻor buyumlari, tabiatga doir eksponatlar namoyish qilinadi. Boshqirdiston tabiatiga bagʻishlangan zallar turli xil biologik muhitlarga qarab nomlanadi, masalan: „Amfibiyalar, sudraluvchilar va baliqlar“, „Boshqirdiston gʻorlari“, „Tosh davri“ zallar

[3].

Muzeyning boyliklaridan biri bu numizmatikaga oid kolleksiya boʻlib, muzey tashkil etilgandan beri u jiddiy ravishda kengaytirilib borilmoqda. Hozirda 16 mingdan ortiq eksponatga ega. Marvaridlar Ivan III hukmronligi davridagi oid tangalardir. Ulardan tashqari, muzeyda rus oltini va kumushdan ishlangan tangalarining katta kolleksiyasi mavjud. Muzeyda namoyish etilgan va afsonaga koʻra, xalq qahramoni Salavat Yulaevga tegishli boʻlgan qilich (1910-1911 yillarda Kurmantau qishlogʻida arxeolog S. R. Mintslov tomonidan topilgan) eng mashhur buyumlardan birinhisoblanadi.

  1. „Один из старейших музеев России - в Уфе“ (ru). ufa-gid.com. 2018-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-fevral.
  2. „Национальный музей Республики Башкортостан — Национальный музей Республики Башкортостан“. 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-avgust.
  3. „История музея“. Официальный сайт. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.