Botir Mirzaxmedov
Botir Mirzarahimovich Mirzaxmedov | |
---|---|
Tavalludi |
10-iyul 1938-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fizik olim |
Sohasi | fizika |
Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Botir Mirzarahimovich Mirzaxmedov (1938-yil 10-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (1981), professor (1982).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Botir Mirzaxmedov 1938-yil 10-iyul Toshkentda tugʻilgan[1][2]. 1961-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakultetini tugatgan. 1961–1963-yillarda ushbu institutning fizika o‘qitish metodikasi kafedrasida katta laborant[2], 1963—1965-yillarda o‘qituvchi
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Botir Mirzaxmedov 1965—1968-yillar Moskva Oliy pedagogika instituti aspiranturasida oʻqigan[2]. 1968-yilda nomzodlik ishini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi oladi. 1981-yilda Moskva shahrida „Turli tipdagi o‘quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini tabaqalashtirish muammolari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fizika o‘qitish metodikasi bo‘yicha O‘rta Osiyo respublikalarida birinchi bo‘lib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1982-yilda professor ilmiy unvonini berilgan[2]. 1982—1985-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Fizika o‘qitish metodikasi“ kafedrasi professori, 1985—1989-yillarda Toshkentdagi O‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti rektori, 1990—1992-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Umumiy pedagogika“ kafedrasi mudiri, 1992—1997-yillar O‘zbekiston pedagogika fanlar ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, bo‘lim mudiri, 1997—2011-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti „Fizika va uni o‘qitish metodikasi“ kafedrasi professori vazifasida faoliyat olib borgan[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi“ unvoni (1985)[3];
- „Xalq ta’limi a’lochisi“ ko‘krak nishon.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Ilmiy maktablar“.
- ↑ „Fizika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi“.