Kontent qismiga oʻtish

Botir Temirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Temirov Botir Daminovich
Tavalludi 5-sentyabr 1948-yil
Fargona tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Temirov Botir Daminovich (9-may 1948-yil Fargʻona tumani) – ilyur sanoat xodimi, mexanik muhandis, Oʻzbekiston Qahramoni (2005). Fargʻona politexnika institutini tugatgan (1989). Mehnat faoliyatini 1966-yilda Quvasoy tumani Hamid Olimjon nomidagi jamoa xujaligida kolxozchilikdan boshlagan. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida navbatchi chilangar (1971 – 75), kondensat yigʻish va bugʻ taʼminoti uchastkasi ustasi (1975 – 77), zavodning 1-sexi LCH-35/11-600 texnologik sexida mexanik (1991 —94), 1-texnologik sexi katta mashinisti (1994— 97), zavod texnika nazorati boʻlimining 1-toifali muhandisi (1997-99), 1-texnologik sex mashinisti (1999-2002), sex mexanigi (2002-yildan). Temirov yuqori oktanli avtomobil benzini ishlab chiqariladigan LCH-35/11-600 qurilmasining ishga tushirilishiga katta hissa qoʻshdi. Uskunalarning benuqson va toʻla quv-vat bilan ishlashi-da, uskunalardan foydalanish mud-datlarini uzaytirishda oʻziga xos tajriba maktabini yaratdi. Temirovning katta bosimda ishlaydigan uskunalar klapanlarini taʼmirlash uchun maydoncha yaratish boʻyicha kiritgan ratsionalizatorlik taklifi katta miqdorda elektr energiyasi. issiqlik energiyasini tejash imkonnya-tini yaratdi.