Botir Yusupov
Botir Poʻlatovich Yusupov | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi | |
Mansab davri 2009-yildan – 2012-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Ilhom Haydarov |
Vorisi | Alisher Abdualiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-aprel 1957-yil Toshkent |
Botir Poʻlatovich Yusupov (1961-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek diplomati. O‘zbekistonning Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakili.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1961-yil 17-sentyabrda tugʻilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Butunrossiya tashqi savdo akademiyasini tugatgan. Ingliz va rus tillarini biladi.
1990-1995 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligining „Interaloqa“ tashqi savdo uyushmasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
1995-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi „Davlat belgisi“ davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining tashqi iqtisodiy aloqalar va marketing bo‘yicha o‘rinbosari.
2000-2007 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining „O‘zmarkazimpeks“ davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari.
2007-2009 — O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi.
2009-2012 — Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchisi[1].