Botirbek Hasanov
Botirbek Hasanov | |
---|---|
Tavalludi |
14-dekabr 1940-yil Yangiyoʻl, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | filolog |
Sohasi | navoiyshunoslik |
Ish joylari | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Botirbek Rustamovich Hasanov (1940-yil 14-dekabr, Yangiyoʻl, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR ) — oʻzbekistonlik olim, navoiyshunos, filologiya fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Botirbek Hasanov 1940-yilning 14-dekabrda Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan[1]. 1957-yilda Toshkent davlat universitetining sharq fakultetining arab boʻlimiga oʻqishga kiradi. Mazkur fakultetni 1962-yilda bitirib, shu yildan 1970-yilgacha arab tiliga ixtisoslashgan oʻrta maktabda arab tilidan dars bergan. 1970-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida avval kichik ilmiy xodim, keyinchalik boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Botirbek Hasanov boshchiligida respublikaning turli viloyatlariga uyushtirilgan ilmiy arxeografik ekspeditsiyalarda oʻzbek adabiyoti yodgorliklarini xalq orasidan toʻplash, qoʻlyozmalar fondini boyitish, qoʻlyozma merosni oʻrganish, qoʻlyozma va toshbosma asarlarni toʻplash, ularni birlamchi ishlovdan oʻtkazish, ilmiy tavsifini tuzish ishlari amalga oshirilgan. Natijada, muzey fondiga minglab qoʻlyozma va toshbosma asarlar toʻplandi. Ularning ilmiy kataloglari chop etildi. Botirbek Hasanov 1974-yilda „Alisher Navoiyning „Sab’at abhur“ lugʻati (filologik tadqiqot)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1990-yilda „Принципы составления рукописных словарей к произведениям Наваи“ mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan. 1993-yilda „Fan“ nashriyoti tomonidan „Navoiy asarlari uchun qisqacha lugʻat“ kitobi nashr qilingan. 1996-yilda „Movarounnahr“ nashriyoti tomonidan „Arabcha-oʻzbekcha boshlangʻich lugʻat“ va 1995-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti tomonidan „Qur’oni Karim soʻzlarining arabcha-oʻzbekcha koʻrsatkichli lugʻati“ kitoblari nashr qilingan. 2000-yil Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti orqali „Risolayi Aziza“ — „Sabot — ul ojizin“ sharhi kitobini chop ettirdi. Bu kitobda islom aqidalari Qur’oni Karim va sunnat talablari asosida, bayon qilingan. Soʻfi Olloyorning „Sabot —ul ojizin“ asarining hozirgi zamon tilida keng kitobxonlar ommasi tushuna oladigan holatdagi sharhi amalga oshdi. Olim vafotidan soʻng amalga oshirgan izlanishlari uchun Xalqaro Babtin mukofoti (Quvayt) bilan mukofotlandi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]