Botirjon Mardayev
Botir Xurramovich Mardayev (1979-yil, Surxondaryo viloyati, Denov tumani) – oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1]. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi .
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mardayev Botir Xurramovich 1979-yili Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2003-yil Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini, 2011-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-texnolog.
Mehnat faoliyatini 1995-yilda Denov tumani „Gʻalaba“ jamoa xoʻjaligi ishchisi lavozimidan boshlagan. 2005—2017-yillarda OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi ijroiya qoʻmitasi apparati kotibiyat mudiri, boʻlim mudiri, 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimida faoliyat yuritmoqda[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mardayev Botir Xurramovich“ (parliament.gov.uz).
- ↑ „Mardayev Botir Xurramovich“ (parliament.gov.uz).
- ↑ „Mardayev Botir Xurramovich“ (uzlidep.uz).