Kontent qismiga oʻtish

Botqaldoqlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Botqaldoqlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Botqaldoqlar, shoʻngʻuvchi oʻrdaklar (Aythya) — gʻozsimonlar turkumining oʻrdaklar kenja oilasiga mansub qushlar urugʻi. Orqa barmoqlari orasida keng teri pardalari boʻlishi bilan boshqa oʻrdaklardan farq qiladi. B. yaxshi uchadi, suzadi va shoʻngʻiydi, suv tagidan oʻlja tutadi. Shuning uchun ularga "botqaldoq" yoki "shoʻngʻuvchy oʻrdaklar" degan nom berilgan. B. uyasini yirik va chuqur koʻllar sohilidagi qamish va qoyalar orasiga quradi. 7—12 ta tuxum qoʻyadi. Suv oʻsimliklarining ildizi, barg va urugʻlari, mollyuska, qisqichbaqasimonlar va suv hasharotlari bilan oziqlanadi. B.ning goʻshti, pati va terisidan foydalaniladi.

Oʻzbekistonda koʻkbel B. (Aytya Kegta),olaqanot B. (Aythya nyroca), haydarkokil B. (Aythya fuli gula) kabi turlari uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil