Kontent qismiga oʻtish

BoyWithUke

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BoyWithUke
Umumiy maʼlumot
Tavalludi aniq emas
25-avgust 2002-yil (2002-08-25) (22 yosh)
Janrlar alt-pop
Kasbi Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, prodyuser
Guruhlari Republic Records
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Veb-sayt https://www.boywithukemusic.com

BoyWithUke (2002-yil 25-avgustda tugʻilgan) — amerikalik alt-pop qoʻshiqchisi, musiqachi. TikTok platformasida eng koʻp tarqalgan „Toxic“ (2021) va „IDGAF“ singllari bilan mashhurlikka erishdi. Hozirda u Republic Records aʼzosidir.

2020—2021: TikTokdagi ijodining boshlanishi va ilk albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

BoyWithUke 2020-yilda akasining TikTok haqidagi gaplaridan soʻng platformaga videolar yuklashni boshlaydi[manba kerak]. Avvaliga uning kontenti uncha ommalashmagan boʻlsa-da, 2021-yildan boshlab uning bir qancha videolari, asosan, bir minutlik qoʻshiqlari keng tarqala boshladi[1].

2021-yil sentyabr oyida BoyWithUke oʻzining „Toxic“ singlini oʻz ichiga olgan Faded mini-albomini chiqardi. „Toxic“ TikTokda juda keng tarqaldi va platformadagi oltmish toʻqqiz mingdan ortiq videolarda foydalanildi. Va ushbu videolar, taxminan, yarim milliard marta ulashilgan[2][3]. Singl Billboard Alternative Airplay chartlarida ketma-ket oʻttiz bir hafta davomida chartlarda 1-oʻrinni egallashi ortidan Alternative Airplay tarixida 1-oʻrinni ketma ket olgan qoʻshiqlar orasida 6-oʻringa chiqib oldi[2]. Toxic British Phonographic Industry (BPI) tomonidan kumush va Recording Industry Association of America (RIAA) tomonidan platina mukofotlarini qoʻlga kiritdi[4].

2021—2022: Republic records studiyasi bilan hamkorlik va Serotonin Dreams albomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil oxirida BoyWithUke Republic Records ovoz yozish studiyasi bilan shartnoma imzoladi[5]. 2022-yilda u Serotonin Dreams albomidagi „IDGAF“ singlini Blackbear bilan duet koʻrinishida taqdim etdi[6]. U Republic Records bilan hamkorlikda „Toxic“ qoʻshigʻi asosiy singl boʻlgan „Serotonin Dreams“ debyut albomini taqdim etdi[5]. Albom Billboard Alternative Airplay va Billboard 200 chartlarida 7-oʻriga koʻtarildi[2][7]. Albom chiqqandan soʻng BoyWithUke Billboard Emerging Artists oʻntaligiga kirdi[7].

MRC Data maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil mart oyi holatida uning TikTokda yetti million obunachisi va Qoʻshma Shtatlarda deyarli ikki yuz ming stream obunachilari bor[7].

2023-yildan hozirga qadar: Antisocial va Out Of Reach

[tahrir | manbasini tahrirlash]

BoyWithUke 24-fevral kuni „Antisosial“ kichik albomini chiqardi, albom uchta qoʻshiqdan: avvalroq debyut qilingan „Rockstar“ singli, ilgari TikTok sahifasida ozroq qismi yuklangan „idtwcbf(friends“) va „Nosedive“ qoʻshiqlaridan tashkil topgan edi. 2023-yil 7-aprelda BoyWithUke yana bir yangi singl, TikTokdagi bir necha daqiqali qoʻshiqlar seriyasining toʻliq versiyasi boʻlgan, „Out Of Reach“ singlini chiqardi.

BoyWithUke oʻzining anonimligini saqlash uchun ikkita katta LED chiroqli shaffof yuz niqob kiyadi[1]. Uning musiqasi, asosan, ukulele bilan ijro etiladi. Qoʻshiqlarida, shuningdek, pianino kabi boshqa asboblardan ham foydalanadi[3]. Musiqachi oʻz musiqalarini iPad qurilmasi orqali Apple qurilmalari uchun bepul ilova boʻlmish GarageBandda yaratadi[5].

BoyWithUkening mashhur qoʻshiqlariga „Two Moons“, „Long Drives“, „Loafers“ va „Sick of U“ (Oliver Tree bilan duet) kiradi. Qoʻshiqchi, shuningdek, „Prairies“, „She Said No“, „Contigo“ va „Scared of The Dark“; Fever Dreams albomidan oʻrin olgan „Psycho“, „Out of Tune“; Melatonin dreams albomiga kiritilgan „Letter From my Bed“, „Lovely“, „Route 9“ singllari ijrochisidir.

BoyWithUke albomlari nomlanishida „dreams“ soʻzi ishlatilgan boʻlib, Melatonin Dreamsda depressiya va oʻz joniga qasd qilish fikrlari haqida koʻp kuylangan. Fever Dreams avvalgisiga qaraganda kamroq depressiyaga haqida kuylansa-da, oʻzini past darajada qadrlash va umumiy melanxolik va tushkun mavzularga qaratdi. Serotonin Dreams esa qolganlaridan farqli oʻlaroq ijobiy qadriyatlar haqida kuylaydi[manba kerak].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

BoyWithUke shaxsiy hayotini maxfiy tutadi. U Massachusets shtatining Boston shahrida yashashini maʼlum qilgan. BoyWithUke toʻrt yoshidan boshlab klassik musiqa bilan shugʻullanishga majbur qilinganini, ammo keyinchalik uni tashlab ketganini aytgan. Soʻng musiqachi oʻrta maktabda musiqa yozish orqali musiqaga qayta kirib keldi[1][8]. BoyWithUke oʻzining shaxsiyatini yashirgan va hozir ham yashirib kelmoqda, chunki u odamlar uning tashqi koʻrinishiga emas, balki musiqa va isteʼdodiga eʼtibor berishlarini xohlaydi[1].

U oʻzining koʻplab qoʻshiqlarida, shu jumladan „Psycho“, „Out of Tune“ va „Sick of U“ albom posterlarida Tobi ismidan foydalangan[9][manba kerak].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Melatonin Dreams (22-yanvar, 2021-yil)
  • Fever Dreams (4-iyun, 2021-yil)
  • Serotonin Dreams (6-may, 2022-yil)

Mini albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Trouvaille (5-mart, 2021-yil)
  • Faded (10-sentyabr, 2021-yil)
  • Antisocial (24-fevral, 2023-yil)
  • „Small Fry“ (2-aprel, 2021-yil)
  • „Toxic“ (29-oktyabr-yanvar, 2021-yil)[3]
  • „Long Drives“ (21-yanvar, 2022-yil)
  • „IDGAF“ (18-mart, 2022-yil)[10]
  • „Sick of U“ (30-sentyabr, 2022-yil)
  • „Rockstar“ (10-fevral, 2023-yil)
  • „Out Of Reach“ (7-aprel, 2023-yil)
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Olivier, Bobby (February 18, 2022). „Meet BoyWithUke, TikTok's Masked Singer Waking Up to Alt-Pop Stardom“. Billboard. Qaraldi: September 14, 2022.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  2. 2,0 2,1 2,2 Rutherford, Kevin (June 28, 2022). „BoyWithUke Notches First No. 1 on a Billboard Songs Chart With 'Toxic'. Billboard. Qaraldi: September 16, 2022.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  3. 3,0 3,1 3,2 Driever, Natalie „BOYWITHUKE - "TOXIC"“ (de) (2021-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  4. „American single certifications – BoyWithUke – Toxic“ (en). Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi. Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  5. 5,0 5,1 5,2 Billboard Staff (May 13, 2022). „21 UNDER 21: SEE WHO MADE THE 2022 LIST“. Billboard. Qaraldi: September 14, 2022.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  6. Mier, Tomás „Machine Gun Kelly Sings From a Cat Lady's Bedroom in 'Make Up Sex' Video“ (2022-yil 30-mart). — „Meanwhile, Blackbear recently joined BoyWithUke on “IDGAF” earlier this year.“. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 Zellner, Xander (May 17, 2022). „Nate Smith Rules Emerging Artists Chart, Thanks to 'Whiskey on You' Single“. Billboard. Qaraldi: September 23, 2022.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  8. „Ones To Watch“ (en). Ones to Watch. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  9. User, Reddit „Who is Tobi? r/BoyWithAUke“ (2022-yil 7-oktyabr).
  10. „Ones To Watch“ (en). Ones to Watch. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]