Kontent qismiga oʻtish

Bradley (Illinois)

Koordinatalari: 41°8′46.7″N 87°51′32.8″W / 41.146306°N 87.859111°W / 41.146306; -87.859111
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bradley
Qishloq
41°8′46.7″N 87°51′32.8″W / 41.146306°N 87.859111°W / 41.146306; -87.859111
Mamlakat Amerika Qo'shma Shtatlari
shtat Illinois
Mamlakat [[Kankakee]]
shaharcha Bourbonnais
Hukumat
 • Mayor Michael Watson
Asos solingan 1891-yil
Maydon 17.95 km2 (6.93 kv mi)
Aholisi
 (2020)
15 419
Zichligi 858.87 kishi/km2
Telefon kodi 815/779
Pochta indeks(lar)i 60915
[[File:|290px|Bradley xaritada]]
Bradley
Bradley

Bradley (sobiq Shimoliy Kankakee) – AQShning Illinoys shtatida Kankakee okrugining chekkasida joylashgan qishloq. Aholisi 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish hisobiga koʻra 15 895 kishi tashkil qilgan[1], 2000-yildagi aholini roʻyxatga olish statistikasiga koʻra esa 12 784 kishini tashkil etadi.

Bradley Kankakee – Bradley Metropolitan hududining asosiy shahri boʻlib, butun Kankakee okrugini oʻz ichiga oladi.

Bradley shimoliy-markaziy Kankakee okrugida 41°8′47″N 87°51′33″W / 41.14639°N 87.85917°W / 41.14639; -87.85917 koordinatada joylashgan[2]. U janubda Kankakee shahri va gʻarbda Bourbonnais qishlogʻi bilan chegaradosh.

2010-yildagi maʼlumotlariga koʻra, Bradleyning umumiy maydoni 7.24 kvadrat milya (18.75 km2)ni tashkil qiladi. Bu maydonning barcha qismi quruqlikdan iborat[3].

1891-yilda David Bradley oʻzining Plow Works zavodini ochgandan soʻng Shimoliy Kankakee tashkil etilgan va buni eʼtirof etib, 1895-yilda shahar nomini „Bradley City“ (keyinchalik Bradley) ga oʻzgartirgan. 1980-yillarda Oʻrta Gʻarbning boshqa hududlarda boʻlgani kabi, bu zavodlarning ham ish faoliyati toʻxtatilgan va shundan soʻng, bu zavodlarning bir qismi yonib ketgan. Biroq, oʻn yillikning oxiriga kelib, barchasi oʻzgargan. 1989-yilda Wal-Mart birinchi ijarachi sifatida Bradley maydoni deb nomlangan yangi savdo markazi qurdirgan. Ushbu savdo markazdan soʻng koʻplab yangi doʻkonlar ochila boshlagan. Northfield Square Mall 1990-yilda ochilgan va oʻshandan beri qishloq ravnaq topdi.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholi o‘sish tarixi
Yil Aholi
19001 518
19101 942279%
19202 12896%
19303 048432%
19403 689210%
19505 699545%
19608 082418%
19709 881223%
198011 015115%
199010 792−20%
200012 784185%
201015 895243%
202015 419−30%
U.S. Decennial Census[4]

2000-yilgi aholini roʻyxatga olish hisobiga koʻra qishloqda 12784 kishi, 5041 xonadon va 3382 nafar oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi – kvadrat milga 3381,3 aholi (1305,5/km2), oʻrtacha zichligi kvadrat milga 1394,4 (538,4/km2) boʻlgan 5272 ta uy-joy mavjud edi. Qishloqning irqiy tarkibi 95,62% oq tanlilar, 1,23% afro-amerikaliklar, 0,21% tubjoy amerikaliklar, 0,68% osiyoliklar, 0,02% Tinch okeani orollari, 1,20% boshqa irqlardan va 1,04% ikki yoki undan ortiq irqni tashkil qilgan. Ispan yoki lotin millatiga mansub aholi esa 3,61% edi[5].

5041 ta xonadonning 33,5 foizi 18 yoshgacha boʻlgan bolalar, 51,3 foizi er-xotinlar, 11,0 foizi eri boʻlmagan bevalar, 32,9 foizi oilasi boʻlmaganlardan iborat boʻlgan. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 2,49, oilaning oʻrtacha kattaligi 3,03 edi.

Bir oilaning oʻrtacha daromadi 47,984 dollarni, erkaklarning oʻrtacha daromadi 38,224 dollarni, ayollarniki esa 24,493 dollarni tashkil qilgan. Qishloq aholisining jon boshiga daromadi 19 035 dollarni tashkil etgan. Oilalarning qariyb 3,6 foizi va aholining 6,8 foizi qashshoqlik chegarasidan past hisoblangan.

CSL Behring qishloqning janubiy qismi yaqinida yirik, zamonaviy ishlab chiqarish zavodini boshqargan. Muassasa plazmadan olingan dori-darmonlar va uskunalar ishlab chiqarish bilan shugʻillangan. 2018-yilda ushbu zavod kengayishi kerakligi eʼlon qilingan, uni yakunlash deyarli oʻn ikki yil davom etishi tahmin qilingan. Eski yogʻ zavodi 2015-yilda oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Qurilish tugallangach, zavod ikki qismga boʻlingan: shimoliy kampus – hozirgi yangilangan zavodni oʻz ichiga olgan qism, hamda janubiy kampus – hozirda qurilayotgan binoning yangi qismi. Ushbu loyiha 200 dan ortiq ish oʻrni yaratishi kutilgan va qurilish xarajatlari 450 million dollarni tashkil etgan.

  1. „Geographic Identifiers: 2010 Demographic Profile Data (G001): Bradley village, Illinois“. American Factfinder. U.S. Census Bureau. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  2. „US Gazetteer files: 2010, 2000, and 1990“. United States Census Bureau (2011-yil 12-fevral). Qaraldi: 2011-yil 23-aprel.
  3. „G001 - Geographic Identifiers - 2010 Census Summary File 1“. United States Census Bureau. 2020-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-avgust.
  4. „Census of Population and Housing“. Census.gov. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
  5. „U.S. Census website“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.