Braguylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Braguylar, 1910

Braguylar — Pokistondagi xalq. Asosan Balujiston va Sind viloyatlarida (750 ming kishi), Eron va Afgʻonistonda ham yashaydi. Umumiy soni 835 ming kishi (1992). Braguy tilida soʻzlashadi. Dindorlari — musulmonsunniylar. Balujistonni inglizlar bosib olguniga qadar B. bu oʻlkada hukmron elat boʻlib, ular orasidan 1666-yildan baluj va braguy qabilalari konfederatsiyasini boshqargan Kalat xonlari kelib chiqqan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil