Brain drain atamasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brain drain atamaning maʼnosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brain drain atamasi bu- oʻqimishli, yaxshi taʼlim olgan shaxslarning, boshqa davlatga yaxshiroq maosh uchun yoki yaxshiroq yashash uchun koʻchib ketish tendensiyasiga ishora qiladi. Natijada esa ularning ona vatani shu kabi aqlli, yetuk, dono insonlarni yuqotgan hisoblanadi. Aynan mana shu jarayon, yaʼni oʻqimishli insonlarning, boshqa davlatga yaxshiroq hayot uchun, koʻchib ketishi nazarda tutiladi.


Atamaning fanga kirib kelishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urushdan soʻng, Yevropadan shimoliy Amerikaga, olimlar va texnologiya boʻyicha mutaxasislarning koʻchib kelishini tasvirlash uchun, 1950-yilda qirollik jamiyati tomonidan <brain drain> atamasi kirib kelgan.

Atama uchun eng yaxshi namuna[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albert Einstein (talaffuz qilinadi- Albert Enishtyin), emigratsiya shakli uchun, eng mashhur va birinchilar qatorida namuna boʻla oladi. Qachonki Adolf Hitler (talaffuz qilinadi- Adolf Gitler) taxtga kelganida, Berlin Academy of Sciencesda professor boʻlgan Einstein Amerika qoʻshma shtatlariga tashrif buyurgan edi, va Germaniyaga qaytmagandi. U Amerikaga joylashdi va 1940- yilda Amerika fuqorosi boʻldi.

Albert Einstein „brain drain“migratsiyasi uchun ilk namunalardan biri

Taʼrif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqa insonlar migratsiyasida boʻlgani kabi, ijtimoiy muhit— aholining bu tarzda oʻzgarishining, asosiy sababi hisoblanadi. Bunga, mamlakatlardagi bosh sabablaridan biri- bu imkoniyatlarning kamligi, siyosiy oʻzgaruvchanlik yoki zulm, iqtisodiy tushkunlikdir. Mezbon davlatlar esa, bandlik imkoniyatlarini, siyosiy barqaorlikni va erkinlikni, yaxshi iqtisodiyotni va yaxshiroq boʻlgan turmush tarzini taklif qilishi mumkin. Shaxs sifatida, oilaviy taʼsirlar (masalan, chet elda yashovchi qarindoshlar), shaxsiy imtiyozlar, karyeradagi orzular va boshqa ragʻbatlantiruvchi omillarni hisobga olish mumkin. Salbiy maʼnosiga qaramay, „brain drain“ migratsiyasi ijobiy yorugʻlik kabi koʻrinadi. Karyeradagi oʻsish, sifatli hayot tarzi va daromad yigʻish jihatidan, koʻchib kelgan shaxslar uchun bir qancha foydalar borligi aniqdir. Bu mutaxasislar tez-tez oila aʼzolari uchun uyiga pul oʻtkazmalarini joʻnatib turishadi va ular qachondir oʻz ona yurtlariga qaytishlari mumkin albatta, yaxshilangan bilim va rivojlangan koʻnikmalar bilan. Shuningdek, Vatanda yuqori darajadagi taʼlimga talab ortishi mumkin, chunki odamlar chet elda taʼlim olgan ishchilarda bir qancha imkoniyatlar mavjudligini koʻrishadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat uchun oʻqimishli mutaxasislarni yoʻqotgandan koʻra, ularni yigʻish foydalidir. Bir davlatda oʻqimishlilar kamaygan vaqtda, boshqa davlatda innovatsiyalarni ragʻbatlantirish, rivojlanish sodir boʻlishi bu— davlatlarda aholining notekis taqsimotini keltirib chiqaradi, va shu sababli, baʼzi davlatlar rivojlanmay qoladi. Baʼzi hukumatlarda malakali ishchilarni saqlab qolish siyosati yuritiladi. Namuna sifatida, Germaniya, Shveysariya, Austriya va Fransiyada xorijda ishlayotgan mutaxassislarga, oʻz yurtlariga qaytishiga yordam berish uchun, hukumat tomonidan bir qancha moliyalashtiriladigan tashabbuslar tashkil etilgan. Aksincha, Hindiston hukumati bunday siyosatni qabul qilmagan, chunki ular ishonishadiki, yoʻqotilgan talantlar axir-oqibat kelajakda millat uchun hissa qoʻshishiga.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Brain drain haqida to'liq tushuncha“. My Bac Pro. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.