Bramante Donato
BRAMANTE (Bramante) Donato (1444, MonteAzdrualdo, Urbino yaqinidagi hozirgi Ferminyano — 1514.11.3, Rim) — italiyalik meʼmor. Uygonish davri meʼmorligining yirik vakili. Dastlab rassom sifatida ijod qilgan. B. 1477-yildan Milanda yashab, SanSatiro (1479—83), Santa Mariya della Gratsiye (1492-yildan) va boshqa cherkovlarni qayta qurgan. 1499-yil Rimga koʻchib, bu yerda Uygonish davri uchun xos boʻlgan eng muhim asarlarini yaratgan: 1500—04 yillarda Santa Mariya della Pache monastiri hovlisidagi SanPyetro in Montorio (Tempyetto) butxonasini kurgan. 1514-yilgacha Avliyo Pyotr sobori loyihasi ustida ishlagan. 1503-yilda Vatikan saroyi majmuasini qayta qurishda qatnashgan (Belveder va SanDamazo binolari saqlanib qolgan). B. ijodi Yevropa meʼmorligining rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |