Braxmanizm
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Braxmanizm — qad. xind dini. Nomi vedalar tarkibidagi ilohiy traktatlar — braxmanlardan kelib chiqqan. Veda dini asosida mil. avv. 1 — ming yillikning 1 — yarmida vujudga kelgan. Braxmanizm Braxman xudosining mavjudligi, unga eʼtiqod tamoyillarini eʼtirof etish va amal qilishni targʻib etgan diniy oqim. Xindlarning qadim eposlari Mahabxarata va Ramayanalarda, muqaddas kitoblar sanalmish Upanishadlart, Aranyakilarda braxman xaqida taʼlimotlar keltiriladi. Braxman shaxssiz, nojismiy, sifatsiz mohiyat boʻlib, xamma narsaning asosida yotadi, deb taʼkidlashgan. Braxmanizm davlati bu — Xudoning yerdagi makoni. Uni inson qiyofasidagi xudolar boshqaradi.Braxmanizmda jamiyat tabaqalarga boʻlinadi, deb koʻrsatiladi. Braxmanizmda qadim vedaviylik Xudolari — Indra, Agni, Varuna, Surya oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Uning oʻrniga birinchi oʻringa Braxma, Shiva va Vishnu xudolari quyiladi. Braxmanizm Hindistonda mil.avv. V-IV asrlarga qadar mavjud boʻlgan, keyinchalik uning oʻrniga buddizm dini yuzaga keldi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi