Kontent qismiga oʻtish

Brayl yozuvi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Brayl shrifti - boʻrtma nuqtalardan iborat shrift. Koʻzi ojizlar oʻqish va yozishi uchun moʻljallangan. L. Brayl tomonidan yaratilgan. Brayl shrifti asosida 6 nuqtani turli vaziyatda uygʻunlashtirish yotadi. Ixtirochi lotin alifbosidagi harflar tartibini qabul qilgan. Alifboning oldingi harflarini belgilash uchun 6 nuqtaning yuqori va oʻrta nuqgalaridan (rasmga q.) foydalanilgan. Keyingi harflarni belgilash uchun qoʻsh nuktalar chapdan, soʻng chap va oʻngdan, undan keyin oʻngdan qoʻshilgan. Mazkur belgilar bilan oʻzbekkirill va oʻzbeklotin harflari ham ifodalangan. 6 nuqganing turli holatdagi uygʻunlashuvidan sonlar, tinish belgilari, matematika, kimyo va nota belgilarini ham ifodalash mumkin.

Brayl shriftida dastlabki kitob Fransiyada 1837-yil chop etilgan. Oʻzbekkirill alifbosi ifodalangan Brayl shriftida oʻzbek yozuvchilaridan A. Qodiriy ("Oʻtgan kunlar") va V. Gʻafurov ("Vafodor") asarlari nashr qilingan. BRAK (rus. brak — nuqsonli) (ishlab chiqarishda) — davlat standartlari, texnik shartlar, etalonlar va shahrikga toʻgʻri kelmaydigan mahsulot. Brayl asosan tuzatib boʻladigan va tuzatib boʻlmaydigan turlarga boʻlinadi. Mahsulotni texnologik qayta ishlash natijasida uning nuqsonlariga barham berish mumkin boʻlsa, bunday mahsulottuza tib boʻladigan brayl, mahsulotning nuqsonini tuzatish qiyin va iqtisodiy jihatdan nomaqbul deb topilsa, bunday mahsulot tuzatib boʻlmaydigan brayl deyiladi va undan ishlab chiqarish chiqindisi sifatida foydalaniladi. Brayl korxonalarda mahsulot va pul hisobida ifodalanadi. Oʻzbekiston korxonalarida brayl mahsulot zavodning texnik nazorat boʻlimlarida hisobga olinadi va tekshiriladi. Bundan tashqari import tovarlarning mamlakat miqyosida (bojxona nazorati, davlat standarti va sertifikatsiyalash markazi) ham sifat nazorati olib boriladi. Mavjud meʼyorlarga javob bermaydigan tovar (mahsulot)lar brayl deb topiladi va isteʼmoldan chiqariladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil