Kontent qismiga oʻtish

Sut bezi saratoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Breast cancerdan yoʻnaltirildi)
Ko'krak bezi saratoni
Belgilari Ko'krak hajmi, shakli, rangining o'zgarishi, qon aralash suyuqlik kelishi, ko'krak qafasi suyuklarining og'rishi
Mutaxassislik Onkologiya
Boshlanish vaqti Ayollarda 40 yoshdan oshganda
Xavf omillari

Ta'sir o'tkazish mumkin bo'lgan xavf omillari: alkogolizm, kamharakatlilik, semizlik;

Ta'sir o'tkazib bo'lmaydigan xavf omillari: jins, yosh, irsiyat;
Tashxis usullari Mammogramma

Koʻkrak saratoni - bu sut bezlari toʻqimalarida vujudga keladigan oʻsimta[1]. Kasallik belgilari: sut bezlari hajmi, shakli yoki tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar, terining oʻzgarishi[2]. Koʻkrak atrofidagi toʻqimalardan farq qiladigan zich hosila paydo boʻlishi, koʻkrak yoki uning bir qismining qizarishi, yoxud koʻkrakdan keladigan suyuqlikning oʻzgarishi. Kasallik ildiz otib,chuqurlashganda esa, suyak ogʻrigʻi shishgan limfa tugunlari, nafas qisilishi yoki sargʻish teri (koʻkrak yoki butun tananing sargʻayishi) belgilari kuzatilishi mumkin[3].

Koʻkrak bezi saratoni rivojlanishi uchun xavf omillari orasida semizlik, jismoniy faollikning yetishmasligi, alkogolizm, menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi, ionlashtiruvchi nurlanish, birinchi hayz koʻrishning erta boshlanishi, yo kechikishi, yo umuman boʻlmasligi, naslida shu kasallik bilan ogʻrigan bemorning boʻlishi[2][4], taxminan 5-10% hollarda odamning ota-onasidan meros boʻlib oʻtgan genetik moyillik natijasidir[2], jumladan, BRCA1 va BRCA2 genlarida mutatsiyalar mavjudligi bu kasallikning xavf omili hisoblanadi[2]. Koʻkrak saratoni koʻpincha sut yoʻllarining shilliq qavati hujayralarida va bu kanallarni sut bilan taʻminlaydigan lobullarda boshlanadi[2]. Kanallarda rivojlanayotgan saratonlar duktal karsinomalar, lobullarda rivojlanayotganlar esa lobulyar karsinomalar deb nomlanadi[2]. Shuningdek, koʻkrak bezi saratonining yana 18 dan ortiq boshqa kichik turlari mavjud[4]. Masalan, in situ duktal karsinoma, preinvaziv lezyonlarda rivojlanadi[4]. Koʻkrak bezi saratoni tashxisi tegishli toʻqimalardan biopsiya olish bilan tasdiqlanadi[2]. Tashxis qoʻyilgach, saraton koʻkrakdan tashqariga tarqaldimi yoki yoʻqligini aniqlash uchun qoʻshimcha testlar oʻtkaziladi va qaysi davolash usullari samaraliroq boʻlishi aniqlanadi[2].

Tamoksifen yoki raloksifen preparatlari kasallik rivojlanish xavfi yuqori boʻlganlarda koʻkrak bezi saratonining oldini olish uchun ishlatilishi mumkin[4]. Ikkala koʻkrakni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash baʻzi yuqori xavfli holatlarda ayollarda yana bir profilaktika chorasidir[4]. Saraton kasalligi tashxisi qoʻyilgan bemorlarda jarrohlik, radiatsiya terapiyasi, kimyoterapiya, gormonal terapiya va maqsadli terapiya kabi bir qator davolash usullari qoʻllanishi mumkin[2]. Jarrohlik turlari koʻkrakni saqlash operatsiyasi, vamastektomiyani oʻz ichiga oladi[5][6]. Koʻkrakni qayta tiklash operatsiya vaqtida yoki keyinroq ham amalga oshirilishi mumkin.[6] Saraton tananing boshqa qismlariga tarqalib ketgan odamlarda davolanish asosan bemor hayotini yaxshilashga va kasallikni yengillashtirishga qaratilgan boʻladi. Chunki kasallik ildiz otgan tanada sogʻayish darajasi past boʻladi[6].

Koʻkrak bezi saratoni kasallikning darajasiga va odamning yoshiga qarab farq qiladi[6]. Angliya va Amerika Qoʻshma Shtatlarda besh yillik omon qolish(kasallik aniqlangandan soʻng besh yil yashash) darajasi 80 dan 90% gacha koʻtarildi[7][8][9]. Rivojlanayotgan mamlakatlarda besh yillik omon qolish darajasi esa juda past[4]. Koʻkrak bezi saratoni ayollarda saratonning yetakchi turi hisoblanib, dunyo boʻylab kasallangan ayollarning 25% ni aynan koʻkrak bezi saratoni bilan oʻgrigan ayollar tashkil qiladi[10]. 2018-yilda bu kasallik 2 million ayolda aniqlangan va 627 000 oʻlimga sabab boʻlgan[11]

Belgilari va simptomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koʻkrak bezi saratoni. O’sma teriga o’sib kirganligi bois ko’rkak uchining ichkariga tortilib qolishi kuzatilgan holat.
Koʻkrak bezi saratonining dastlabki belgilari: koʻkrakning shishi, pasayishi, koʻkrak va uning atrofidagi teri rangining oʻzgarishi, koʻkrak uchining tortilib qolishi, koʻkrak uchidan rangsiz suyuqlik yoki qon oqishi.

Koʻkrak bezi saratoni ko’pincha bo’lak hujayralar (sut ishlab chiqaradigan bezlar) yoki kanallarida (bo’laklarda hosil bo’lgan sut ko’krak uchiga keladigan yo’llar)da boshlanadi. Kasallika chalinganlarning 80% dan yuqorisi barmoq uchlari bilan bunday boʻlakni aniqlay oladi. Biroq, koʻkrak saratoni eng erta aniqlash mamogramma orqali amalga oshiriladi[12][13] Shuningdek, qoʻltiq ostidagi limfa tugunlarida paydo boʻlgan boʻlaklar[14],ham koʻkrak bezi saratonining belgisi boʻlishi mumkin. Koʻkrak bezi saratonining belgilari boshqa koʻkrak toʻqimalaridan farqli ravishda qalinlashishi, bir koʻkrakning kattalashishi yoki pastroq boʻlishi, koʻkrak shaklini oʻzgarishi, koʻkrak uchining ichkariga tortilishi, terining burishishi, koʻkrak ustida yoki atrofida toshmalar boʻlishi, koʻkrak yoki qoʻltiqning bir qismida doimiy ogʻriq va shish kuzatilishi mumkin[15]. Bunday ogʻriqlar ("mastodiniya") koʻkrak bezi saratoni mavjudligini yoki yoʻqligini aniqlashda ishonchsiz vositadir, ammo koʻkrak sogʻligʻi bilan bogʻliq boshqa muammolarni koʻrsatishi mumkin[14][12][16].Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni kamdan-kam uchraydigan (faqat koʻkrak bezi saratoni tashxisining 5% dan kamrogʻida kuzatiladi), ammo koʻkrakning yuqori qismida shishgan, qizarib ketgan joylar bilan tavsiflangan koʻkrak bezi saratonining xavfli turidir. Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni saraton hujayralari tomonidan limfa tomirlarining tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi. Koʻkrak bezi saratonining bu turi koʻproq yosh ayollarda yoki semiz ayollarda uchraydi. Yalligʻlanishli koʻkrak saratoni shish shaklida boʻlmagani uchun baʻzida tashxis qoʻyishda kechikish boʻlishi mumkin[17].



Xatarli oʻsmalar metastatik oʻsmalarga olib kelishi mumkin - ikkilamchi oʻsmalar (birlamchi oʻsimtadan kelib chiqadi), ular kelib chiqish joyidan tashqariga tarqaladi. Koʻkrak bezi saratonining metastatik belgilari metastazning joylashishiga bogʻliq boʻladi. Metastazning umumiy joylari suyak, jigar, oʻpka va miyani oʻz ichiga oladi.[18] Saraton bunday holatga yetganida, u saratonning 4-bosqichi sifatida tasniflanadi, bu bosqich saratoni koʻpincha oʻlimga olib keladi.[19] Saraton 4-bosqichining umumiy alomatlariga sababsiz vazn yoʻqotish, suyak va boʻgʻimlardagi ogʻriqlar, sariqlik va nevrologik alomatlar kiradi. Ushbu belgilar oʻziga xos boʻlmagan belgilar deb ataladi, chunki ular saratondan boshqa koʻplab kasalliklarda ham namoyon boʻlishi mumkin.[20]

Tumor in the breast visualized by Breast-CT
Koʻkrak-kompyutertomografiyasi (Koʻkrak-KT) yordamida koʻrsatilgan koʻkrakdagi oʻsma

Xavf omillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xavf omillarini ikki toifaga boʻlish mumkin:

  • oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan xavf omillari (odamlar oʻzlarini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan narsalar, masalan, spirtli ichimliklarni isteʻmol qilish, jismoniy faollikning kamligi) va boshqalar
  • taʻsir oʻtkazib boʻlmaydigan xavf omillari (oʻzgartirib boʻlmaydigan narsalar, masalan, yosh va fiziologik jins)[21].

Koʻkrak bezi saratoni uchun asosiy xavf omillaridan biri, bu kasallik ayollarda uchrashi boʻlsa, ikkinchisi yoshi katta ayollarda kasallikka chalinish darajasining yuqoriligidir[22]. Shuningdek, taʻsir oʻtkazib boʻlmaydigan xavf omillariga irsiyat[23], tugʻmaslik (homila boʻlmasligi)[24], baʻzi gormonlar darajasining yuqoriligi[25][26], parhez va semirish kiradi.

Agar barcha insonlar sogʻlom turmush tarziga rioya qilib yashashsa, jumladan, spirtli ichimliklarni isteʻmol qilmaslik, sogʻlom tana tuzilishini saqlash, hech qachon chekmaslik, sogʻlom ovqat isteʻmol qilish va boshqa harakatlarni bajarishsa, butun dunyo boʻylab koʻkrak bezi saratoni holatlarining deyarli toʻrtdan bir qismini oldini olish mumkin edi[27]. Ammo koʻkrak bezi saratoni holatlarining qolgan toʻrtdan uch qismini turmush tarzini oʻzgartirish orqali oldini olish mumkin emas[27].

Diagram of different sizes, showing how big a single serving of alcohol is for different types of alcoholic beverages
Spirtli ichimliklarning barcha turlari, jumladan, pivo, sharob yoki aroq koʻkrak saratoniga sabab boʻladi.

Spirtli ichimliklarni ichish koʻkrak bezi saratoni xavfini oshiradi, hatto juda oz miqdorda isteʻmol qiluvchilar orasida ham (kuniga bitta spirtli ichimlikning yarmidan oz qismini ichadigan ayollarda) bu kasallik uchrab turadi[28]. Koʻp miqdorda ichuvchilar orasida esa kasallika chalininsh xavfi eng yuqori darajada boʻladi[29]. Dunyo miqyosida koʻkrak bezi saratonining har 10 holatidan biri spirtli ichimliklarni isteʻmol qilgan ayollardan kelib chiqadi[29]. Spirtli ichimliklarni isteʻmol qilish oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan eng keng tarqalgan xavf omillaridan biridir[30]. Tamaki chekish ham koʻkrak saratoni kasalligiga chalinish xavfini oshiradi, ayniqsa, chekish miqdori qancha koʻp boʻlsa va chekish qanchalik erta boshlangan boʻlsa, xavf shunchalik yuqori boʻladi[31]. Uzoq muddatli chekuvchilarda kasallikka chalinish xavfi nisbiy darajada 35% dan 50% gacha oshadi[31]. Taxminan 10% hollarda jismoniy faollikning yetishmasligi bilan ham bu kasallik kelib chiqadi[32]. Uzoq vaqt davomida muntazam ravishda oʻtirish koʻkrak bezi saratoniga chalingan bemorning oʻlim xavfini orttiradi. Garchi mashqlar sabab kasallik yengilmasada, lekin oʻlim xavfi kamayadi[33].Koʻkrak suti bilan boqish saratonning bir qancha turlari, shu jumladan koʻkrak bezi saratoni xavfini ham kamaytiradi[34][35][36][37]. 1980 -yillarda oʻtkazilgan tadqiqodlarda abort koʻkrak saratoni rivojlanish xavfini oshirishi aniqlandii[38][39].

Kasallanganlarning 5-10% ni asosiy sababi genetika ekanligi tasdiqlangan[40]. Agar onasiga 50 yoshdan oldin tashxis qoʻyilgan boʻlsa, uning qiz farzandida xavf 1,7% ga, agar onasiga 50 yoki undan keyin tashxis qoʻyilgan boʻlsa xavf 1,4% ga oshadi[41]. Boshqa genetik moyilliklarga koʻkrak toʻqimalarining zichligi va gormonal darajalar kiradi. Koʻkrak qafasi zich boʻlgan ayollarda shish paydo boʻlish ehtimoli koʻproq va koʻkrak bezi saratoni tashxisi kechroq aniqlanadi - chunki zich toʻqimalar oʻsmalarni mammogrammalarda toʻsib qoʻyadi. Bundan tashqari, tabiiy ravishda estrogen va progesteron darajasi yuqori boʻlgan ayollarda shish paydo boʻlish xavfi yuqori darajada boʻladi[42][43].

Tibbiy sharoitlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qandli diabet ham koʻkrak bezi saratoni xavfini oshirishi mumkin. Koʻkrak saratonining asosiy sabablaridan yana biri gormonlar darajasi bilan bogʻliqligidir. Koʻkrak saratoni estrogen gormoni sabab rivojlanadi. Ushbu gormon balogʻatga yetishish, hayz koʻrish va homiladorlik davrida koʻkrak rivojlanishini faollashtiradi. Qondagi prolaktin darajasining oshishi ham koʻkrak saratoni xavfini oshiradi[44].

Patofiziologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kanallar va lobulalarda paydo boʻlgan koʻkrak saratonining koʻrinishi
Dasturlashtirilgan hujayra oʻlimida ishtirok etgan signal uzatish yoʻllarining umumiy koʻrinishi. Ushbu qobiliyatni yoʻqotishga olib keladigan mutatsiyalar saraton shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Koʻkrak bezi saratoni, boshqa saratonlar kabi, atrof-muhit (tashqi) omil va genetik jihatdan kasallikka moyil boʻlgan hujayra oʻrtasida yuzaga keladi. Oddiy hujayralar sogʻlom holatda koʻp marta boʻlinadi va toʻxtaydi. Ular boshqa hujayralarga birikadi va toʻqimalarga yopishadi. Hujayralar harakatni toʻxtatganda, yaʻni, boʻlinishni toʻxtatish, boshqa hujayralarga yopishish, oʻz joyida qolish va oʻz vaqtida oʻlish kabi qobiliyatni yoʻqotganda saratonga aylanadi. Oddiy hujayralar organizmga kerak boʻlmaganda oʻz-oʻzini yoʻq qilishga qodir boʻladi (dasturlashtirilgan hujayra oʻlimi). Shu vaqtgacha hujayralar bir nechta protein klasterlari va yoʻllari bilan dasturlashtirilgan oʻlimdan himoyalangan. Himoya yoʻllaridan biri PI3K / AKT yoʻlidir; boshqasi - RAS / MEK / ERK yoʻli. Baʻzida bu himoya yoʻllari boʻylab genlar mutatsiyaga uchrab, ularni doimiy ravishda "yoqadi" va hujayra endi kerak boʻlmaganda oʻz-oʻzini yoʻq qilishga qodir emas. Bu boshqa mutatsiyalar bilan birgalikda saratonni keltirib chiqaradigan bosqichlardan biridir. Odatda, hujayra dasturlashtirilgan hujayra oʻlimiga tayyor boʻlganda, PTEN oqsili PI3K/AKT yoʻlini oʻchiradi. Baʻzi koʻkrak saratonlarida PTEN oqsili geni mutatsiyaga uchraydi, shuning uchun PI3K/AKT yoʻli "yoqilgan" holatda qoladi va saraton hujayrasi oʻzini oʻzi yoʻq qilmaydi[45].

Koʻkrak bezi saratonining koʻp turlarini koʻkrakning taʻsirlangan qismidan namuna olish yoki biopsiyani mikroskopik tahlil qilish orqali aniqlash mumkin. Bundan tashqari, maxsus laboratoriya tekshiruvlarini talab qiladigan koʻkrak bezi saratoni turlari ham mavjud. Eng koʻp qoʻllanadigan ikkita skrining usuli: tibbiy yordam koʻrsatuvchi provayder tomonidan koʻkrakni fizik tekshiruvdan oʻtkazish va mammografiya[46]. Agar bu tekshiruvlar natijasiz boʻlsa, shifokor tashxisni aniqlashga yordam berish uchun mikroskopik tahlil qilish (nozik igna aspiratsiyasi yoki nozik igna aspiratsiyasi va sitologiya, FNAC deb nomlanuvchi protsedura) boʻlak ichidagi suyuqlik namunasini olishi mumkin. Igna aspiratsiyasi tibbiy xizmat koʻrsatuvchining ish joyida yoki klinikada amalga oshirilishi mumkin. Jarayon davomida ogʻriqni oldini olish uchun mahalliy anestetikdan foydalanish mumkin. Shaffof suyuqlik topilganda, uning saraton boʻlishi ehtimoli kamroq, ammo qonli suyuqlik saraton hujayralari borligini bildirishi mumkin. Shuning uchun qonli suyuqlik mikroskopik tahlilga yuboriladi va aniqlik kiritiladi.

Koʻkrak bezi saratoni bir nechta tasniflash tizimlari boʻyicha tasniflanadi. Ularning har biri prognozga taʻsir qiladi.

Koʻkrak bezi saratonining gistopatologik turlari, nisbiy chastotasi va prognozlari
  • Gistopatologiya . Koʻkrak saratoni odatda gistologik koʻrinishi boʻyicha tasniflanadi. Koʻpincha koʻkrak saratoni kanallar yoki lobulalar bilan qoplangan epiteliyadan kelib chiqadi va bu saratonlar kanal yoki lobulyar karsinoma deb tasniflanadi. Karsinoma in situ - bu maʻlum bir toʻqima boʻlinmasida, masalan, sut bezlari yoʻlida atrofdagi toʻqimalarga kirmasdan, past darajadagi saraton yoki prekanseroz hujayralarining oʻsishi. Bundan farqli oʻlaroq, invaziv karsinoma oʻzini dastlabki toʻqimalar boʻlimi bilan chegaralamaydi[47].
  • Daraja. Koʻkrak saratoni hujayralarining koʻrinishini oddiy koʻkrak toʻqimalarining koʻrinishi bilan taqqoslaydi. Koʻkrak kabi organdagi oddiy hujayralar farqlanadi, yaʻni ular ushbu organning bir qismi sifatida oʻzlarining funksiyalarini aks ettiruvchi oʻziga xos shakl va shakllarni oladi. Saraton hujayralari bu farqni yoʻqotadi. Saraton kasalligida sut kanallarini tashkil qilish uchun odatda tartibli ravishda joylashgan hujayralar tartibsiz boʻlib qoladi. Hujayra boʻlinishi nazoratsiz holga keladi. Hujayra yadrolari kamroq bir xil boʻladi. Patologlar hujayralarni yaxshi tabaqalangan (past darajali), oʻrta darajada farqlangan (oʻrta daraja) va yomon tabaqalangan (yuqori daraja) deb taʻriflaydilar, chunki hujayralar odatdagi koʻkrak hujayralarida koʻrinadigan xususiyatlarni asta-sekin yoʻqotadi. Yomon tabaqalangan saratonlar (toʻqimalari oddiy koʻkrak toʻqimalariga oʻxshamaydi) yomon prognozga ega.
  • Bosqich . TNM tizimidan foydalangan holda koʻkrak bezi saratoni bosqichi t oʻsimtasining hajmiga (T), oʻsimta qoʻltiq ostidagi limfa tugunlariga (N) tarqalgan yoki yoʻqligiga va oʻsimta m etastazlanganligiga (M) asoslanadi. yaʻni tananing uzoqroq qismiga tarqaladi). Kattaroq oʻlcham, tugun tarqalishi va metastaz kattaroq bosqich soniga va yomon prognozga ega.
    Asosiy bosqichlar quyidagilar:
    • 0-bosqich - bu saratondan oldingi yoki marker holat, yo duktal karsinoma in situ (DCIS) yoki lobulyar karsinoma in situ (LCIS).
    • 1-3 bosqichlar koʻkrak yoki mintaqaviy limfa tugunlari ichida.
    • 4-bosqich "metastatik" saraton boʻlib, u koʻkrak va mintaqaviy limfa tugunlaridan tashqarida tarqalgani sababli kamroq prognozga ega.
  • Retseptor holati . Koʻkrak saratoni hujayralarining yuzasida va sitoplazmasida va yadrosida retseptorlari mavjud. Gormonlar kabi kimyoviy xabarchilar retseptorlarga bogʻlanadi va bu hujayradagi oʻzgarishlarga olib keladi. Koʻkrak saratoni hujayralari uchta muhim retseptorga ega boʻlishi mumkin yoki boʻlmasligi mumkin: estrogen retseptorlari (ER), progesteron retseptorlari (PR) va HER2.
    DNK tahlillari . Har xil turdagi DNK testlari, shu jumladan DNK mikromassivlari oddiy hujayralarni koʻkrak saratoni hujayralari bilan taqqoslaydi. Muayyan koʻkrak saratonidagi oʻziga xos oʻzgarishlar saratonni bir necha usulda tasniflash uchun ishlatilishi mumkin.
Yangi Zelandiyadagi koʻkrak bezi saratoni mobil skrining tekshiruv labaratoriyasi

Koʻkrak bezi saratoni skriningi, erta tashxis qoʻyish maqsadida sogʻlom ayollarni tekshirish uchun yaratilgan. Skrining tekshiruvi testining koʻkrakni klinik tekshirish, mammografiya, genetik skrining, ultratovush va magnit-rezonans tomografiya kabi bir qator turlari mavjud. Koʻkrakni klinik yoki oʻz-oʻzidan tekshirish koʻkrakda boʻlaklar yoki boshqa anormalliklarni his qilishni oʻz ichiga oladi. Koʻkrakni klinik tekshiruvlar tibbiy yordam koʻrsatuvchi provayderlar tomonidan amalga oshiriladi, oʻz-oʻzidan koʻkrak tekshiruvi esa odamning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi[48]. Dalillar har ikkala turdagi koʻkrak tekshiruvining samaradorligini tasdiqlamaydi, chunki boʻlak topilishi uchun yetarlicha katta boʻlganda, u bir necha yil davomida oʻsib boʻlgan va shuning uchun tez orada imtihonsiz topilishi mumkin boʻlgan darajada katta boʻladi[49][50]. Koʻkrak bezi saratoni uchun mammografik skrining rentgen nurlari yordamida koʻkrakni har qanday xarakterli boʻlmagan massalar yoki boʻlaklar mavjudligini tekshiradi. Skrining paytida koʻkrak siqiladi va texnik bir necha burchakdan suratga tushadi. Umumiy mammogramma butun koʻkrakni suratga oladi, diagnostik mamogramma esa maʻlum bir boʻlak yoki muammoli qismnigina suratga oladi[51]. Bir qator milliy organlar koʻkrak saratoni skriningini tavsiya qiladi. AQSh profilaktika xizmatlari boʻyicha ishchi guruhi va Amerika shifokorlar kolleji 50 yoshdan 74 yoshgacha boʻlgan ayollarga har ikki yilda bir marta mammografiya qilishni tavsiya qiladi[52][53], Yevropa Kengashi koʻpgina dasturlar bilan 50 dan 69 yoshgacha boʻlgan mammografiyani tavsiya qiladi. 2 yillik chastotadan foydalangan holda[54]. Yevropa Komissiyasi har 2-3 yilda 45 dan 75 gacha mammografiyani tavsiya qiladi[55]. Kanadada esa 50 yoshdan 74 yoshgacha 2 yildan 3 yilgacha boʻlgan chastotada skrining tavsiya etadi[56]. Ishchi guruhning ushbu hisobotlari shuni koʻrsatadiki, keraksiz jarrohlik va tashvishga qoʻshimcha ravishda, tez-tez mamogramma qilish xavfi nurlanish taʻsirida koʻkrak bezi saratonining kichik, ammo sezilarli darajada oshishini oʻz ichiga oladi[57].

Ayollar sogʻlom vaznni saqlash, spirtli ichimliklarni isteʻmol qilishni kamaytirish, jismoniy faollikni oshirish va emizish orqali koʻkrak saratoni xavfini kamaytirishi mumkin[58]. Ushbu modifikatsiyalar AQSHda 38%, Buyuk Britaniyada 42%, Braziliyada 28% va Xitoyda 20% koʻkrak saratonining oldini olishi aniqlangan[58].Tez yurish kabi moʻtadil mashqlarning afzalliklari barcha yosh guruhlarida, shu jumladan postmenopozal ayollarda ham kuzatiladi.[58][59] Yuqori darajadagi jismoniy faollik koʻkrak saratoni xavfini taxminan 14% ga kamaytiradi.[60] Muntazam jismoniy faoliyatni ragʻbatlantiradigan va semirishni kamaytiradigan strategiyalar yurak-qon tomir kasalliklari va diabet xavfini kamaytirish kabi boshqa afzalliklarga ham ega boʻlishi mumkin[21].

Oʻng koʻkrak mastektomiyasidan keyin koʻkrak qafasi

Jarrohlik oʻsimtani, odatda, atrofdagi toʻqimalarning bir qismi bilan birga jismoniy olib tashlashni oʻz ichiga oladi. Jarrohlik paytida bir yoki bir nechta limfa tugunlari biopsiya qilinishi mumkin; tobora koʻproq limfa tugunlaridan namuna olish sentinel limfa tugunining biopsiyasi bilan amalga oshiriladi.

Operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

  • Mastektomiya : butun koʻkrakni olib tashlash.
  • Quadrantektomiya : koʻkrakning toʻrtdan bir qismini olib tashlash.
  • Lumpektomiya : koʻkrakning kichik qismini olib tashlash.

Oʻsimta olib tashlangandan soʻng, agar odam xohlasa, davolangan joyning estetik koʻrinishini yaxshilash uchun koʻkrakni qayta tiklash operatsiyasi, plastik jarrohlik turi, amalga oshirilishi mumkin.

Dori-darmonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarrohlikdan keyin va qoʻshimcha ravishda qoʻllanadigan dorilar adjuvan terapiya deb ataladi. Operatsiyadan oldin kimyoterapiya yoki boshqa turdagi terapiya neoadjuvan terapiya deb ataladi. Aspirin boshqa davolash usullari bilan qoʻllanilganda koʻkrak bezi saratonidan oʻlimni kamaytirishi mumkin[61][62]. Hozirgi vaqtda koʻkrak bezi saratonini davolash uchun uchta asosiy dorilar guruhi qoʻllanadi: gormonlarni blokirovka qiluvchi vositalar, kimyoterapiya va monoklonal antikorlar.

2004-yilda 100 000 aholiga koʻkrak bezi saratonidan yoshga qarab oʻlim soni[63]
18-asrda koʻkrak bezi saratoni jarrohligi

Koʻkrak bezi saratonining eng qadimgi topilgan dalillari Misrda boʻlib, 4200 yil oldin, Oltinchi sulolaga tegishli[64]. Qubbet al-Hava nekropolidagi ayol qoldiqlarini oʻrganish metastatik tarqalish tufayli odatiy halokatli zararni koʻrsatdi[64]. Edvin Smit papirusida koterizatsiya yoʻli bilan davolangan sakkizta oʻsma yoki koʻkrak yarasi tasvirlangan. Yozuvda kasallik haqida shunday deyilgan: "Hech qanday davolash yoʻq"[65]. Asrlar davomida shifokorlar oʻzlarining amaliyotlarida shunga oʻxshash holatlarni bir xil xulosa bilan tasvirlab berishgan. Qadimgi tibbiyot, yunonlar davridan 17-asrgacha, gumoralizmga asoslangan va shuning uchun koʻkrak saratoni odatda tanani boshqaradigan asosiy suyuqliklardagi nomutanosiblik, ayniqsa qora safroning koʻpligi tufayli yuzaga keladi, deb ishonishgan[66]. Shu bilan bir qatorda, bu ilohiy jazo sifatida koʻrilgan[67].

Radikal mastektomiya, Halstedning jarrohlik hujjatlari
Pushti lenta koʻkrak bezi saratoni haqida xabardorlikni qoʻllab-quvvatlashning ramzidir.
  • Erkak koʻkrak saratoni

Andoza:Medical resources

  1. „Breast Cancer“. NCI (1980-yil yanvar). 2014-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 „Breast Cancer Treatment (PDQ®)“. NCI (2014-yil 23-may). 2014-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  3. Saunders, Christobel. Breast cancer, 1., Oxford: Oxford University Press, 2009 — Chapter 13-bet. ISBN 978-0-19-955869-8. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 World Cancer Report 2014. World Health Organization, 2014 — Chapter 5.2-bet. ISBN 978-92-832-0429-9. 
  5. „Five Things Physicians and Patients Should Question“. Choosing Wisely: an initiative of the ABIM Foundation. American College of Surgeons (2013-yil sentyabr). 2013-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Breast Cancer Treatment (PDQ®)“. NCI (2014-yil 26-iyun). 2014-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  7. „World Cancer Report“. International Agency for Research on Cancer (2008). 2011-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-fevral.
  8. „SEER Stat Fact Sheets: Breast Cancer“. NCI. 2014-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyun.
  9. „Cancer Survival in England: Patients Diagnosed 2007–2011 and Followed up to 2012“. Office for National Statistics (2013-yil 29-oktyabr). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  10. World Cancer Report 2014. World Health Organization, 2014 — Chapter 1.1-bet. ISBN 978-92-832-0429-9. 
  11. „Global cancer statistics 2018: GLOBOCAN estimates of incidence and mortality worldwide for 36 cancers in 185 countries“. CA: A Cancer Journal for Clinicians. 68-jild, № 6. November 2018. 394–424-bet. doi:10.3322/caac.21492. ISSN 0007-9235. PMID 30207593.
  12. 12,0 12,1 American Cancer Society. „Cancer Facts & Figures 2007“ (2007). 2007-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 26-aprel.
  13. „Mammographic density and the risk and detection of breast cancer“. The New England Journal of Medicine. 356-jild, № 3. January 2007. 227–36-bet. doi:10.1056/NEJMoa062790. PMID 17229950. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam)
  14. 14,0 14,1 Merck Manual of Diagnosis and Therapy. „Breast Disorders: Breast Cancer“ (2003-yil fevral). 2011-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 5-fevral.
  15. Watson M (2008). „Assessment of suspected cancer“. InnoAiT. 1-jild, № 2. 94–107-bet. doi:10.1093/innovait/inn001.
  16. „Breast Cancer Evaluation“. eMedicine (2006-yil 23-avgust). 2008-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 5-fevral.
  17. „Molecular biology of breast cancer metastasis. Inflammatory breast cancer: clinical syndrome and molecular determinants“. Breast Cancer Research. 2-jild, № 6. 1 December 2000. 423–9-bet. doi:10.1186/bcr89. PMC 138665. PMID 11250736.
  18. „Significance, detection and markers of disseminated breast cancer cells“. Endocrine-Related Cancer. 13-jild, № 4. December 2006. 1033–67-bet. doi:10.1677/ERC-06-0001. PMID 17158753.
  19. „Stage 4 :: The National Breast Cancer Foundation“. www.nationalbreastcancer.org.
  20. National Cancer Institute. „Metastatic Cancer: Questions and Answers“ (2004-yil 1-sentyabr). 2008-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-fevral.
  21. 21,0 21,1 „Population attributable risks for modifiable lifestyle factors and breast cancer in New Zealand women“. Internal Medicine Journal. 43-jild, № 11. November 2013. 1198–204-bet. doi:10.1111/imj.12256. PMID 23910051. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Hay2013" defined multiple times with different content
  22. „Breast cancer prevention“, Advances in Breast Cancer Management, Second Edition, Cancer Treatment and Research, 2008 — 149–64-bet. DOI:10.1007/978-0-387-73161-2_10. ISBN 978-0-387-73160-5. 
  23. „Am I at risk?“. Breast Cancer Care (2018-yil 23-fevral). 2013-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-oktyabr.
  24. Collaborative Group on Hormonal Factors in Breast Cancer (July 2002). „Breast cancer and breastfeeding: collaborative reanalysis of individual data from 47 epidemiological studies in 30 countries, including 50302 women with breast cancer and 96973 women without the disease“. Lancet. 360-jild, № 9328. 187–95-bet. doi:10.1016/S0140-6736(02)09454-0. PMID 12133652.
  25. „Estrogen carcinogenesis in breast cancer“. The New England Journal of Medicine. 354-jild, № 3. January 2006. 270–82-bet. doi:10.1056/NEJMra050776. PMID 16421368.
  26. „Hormone Therapy and Menopause“. National Research Center for Women & Families (2009-yil fevral).
  27. 27,0 27,1 Zhang, Yan-Bo; Pan, Xiong-Fei; Chen, Junxiang; Cao, Anlan; Zhang, Yu-Ge; Xia, Lu; Wang, Jing; Li, Huiqi; Liu, Gang (2020-03-31). „Combined lifestyle factors, incident cancer, and cancer mortality: a systematic review and meta-analysis of prospective cohort studies“. British Journal of Cancer. 122-jild, № 7. 1085–1093-bet. doi:10.1038/s41416-020-0741-x. ISSN 0007-0920. PMC 7109112. PMID 32037402.
  28. Choi, Yoon-Jung; Myung, Seung-Kwon; Lee, Ji-Ho (April 2018). „Light Alcohol Drinking and Risk of Cancer: A Meta-Analysis of Cohort Studies“. Cancer Research and Treatment. 50-jild, № 2. 474–487-bet. doi:10.4143/crt.2017.094. ISSN 2005-9256. PMC 5912140. PMID 28546524.
  29. 29,0 29,1 „Alcohol Use and Breast Cancer: A Critical Review“. Alcoholism: Clinical and Experimental Research. 40-jild, № 6. June 2016. 1166–81-bet. doi:10.1111/acer.13071. PMID 27130687. „All levels of evidence showed a risk relationship between alcohol consumption and the risk of breast cancer, even at low levels of consumption.“
  30. „Alcohol Intake and Breast Cancer Risk: Weighing the Overall Evidence“. Current Breast Cancer Reports. 5-jild, № 3. September 2013. 208–221-bet. doi:10.1007/s12609-013-0114-z. PMC 3832299. PMID 24265860.
  31. 31,0 31,1 „Active smoking and secondhand smoke increase breast cancer risk: the report of the Canadian Expert Panel on Tobacco Smoke and Breast Cancer Risk (2009)“. Tobacco Control. 20-jild, № 1. January 2011. e2-bet. doi:10.1136/tc.2010.035931. PMID 21148114. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam)
  32. „Effect of physical inactivity on major non-communicable diseases worldwide: an analysis of burden of disease and life expectancy“. Lancet. 380-jild, № 9838. July 2012. 219–29-bet. doi:10.1016/S0140-6736(12)61031-9. PMC 3645500. PMID 22818936.
  33. „Sedentary time and its association with risk for disease incidence, mortality, and hospitalization in adults: a systematic review and meta-analysis“. Annals of Internal Medicine. 162-jild, № 2. January 2015. 123–32-bet. doi:10.7326/M14-1651. PMID 25599350.
  34. „Breastfeeding and maternal health outcomes: a systematic review and meta-analysis“. Acta Paediatrica. 104-jild, № 467. December 2015. 96–113-bet. doi:10.1111/apa.13102. PMC 4670483. PMID 26172878. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam)
  35. „Breastfeeding“. World Health Organization.
  36. „Breastfeeding:Frequently Asked Questions (FAQs)“. U.S. Center for disease control and prevention(CDC) (2021-yil 10-avgust).
  37. Collaborative Group on Hormonal Factors in Breast Cancer (July 2002). „Breast cancer and breastfeeding: collaborative reanalysis of individual data from 47 epidemiological studies in 30 countries, including 50302 women with breast cancer and 96973 women without the disease“. Lancet. 360-jild, № 9328. 187–195-bet. doi:10.1016/S0140-6736(02)09454-0. PMID 12133652.
  38. „Susceptibility of the mammary gland to carcinogenesis. II. Pregnancy interruption as a risk factor in tumor incidence“. The American Journal of Pathology. 100-jild, № 2. August 1980. 497–512-bet. PMC 1903536. PMID 6773421. „In contrast, abortion is associated with increased risk of carcinomas of the breast. The explanation for these epidemiologic findings is not known, but the parallelism between the DMBA-induced rat mammary carcinoma model and the human situation is striking. ... Abortion would interrupt this process, leaving in the gland undifferentiated structures like those observed in the rat mammary gland, which could render the gland again susceptible to carcinogenesis.“
  39. „Breast cancer and abortion: collaborative reanalysis of data from 53 epidemiological studies, including 83?000 women with breast cancer from 16 countries“. Lancet. 363-jild, № 9414. March 2004. 1007–16-bet. doi:10.1016/S0140-6736(04)15835-2. PMID 15051280.
  40. „Translational advances regarding hereditary breast cancer syndromes“. Journal of Surgical Oncology. 105-jild, № 5. April 2012. 444–51-bet. doi:10.1002/jso.21856. PMID 22441895.
  41. „Family history and risk of breast cancer: nurses' health study“. Breast Cancer Research and Treatment. 133-jild, № 3. June 2012. 1097–104-bet. doi:10.1007/s10549-012-1985-9. PMC 3387322. PMID 22350789.
  42. „CDC – What Are the Risk Factors for Breast Cancer?“. www.cdc.gov (2018-yil 14-dekabr).
  43. „Estrogen and progesterone promote breast cancer cell proliferation by inducing cyclin G1 expression“. Brazilian Journal of Medical and Biological Research. 51-jild, № 3. January 2018. 1–7-bet. doi:10.1590/1414-431X20175612. PMC 5912097. PMID 29513878. 14 May 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29 April 2019.
  44. Wang, Minghao; Wu, Xiujuan; Chai, Fan; Zhang, Yi; Jiang, Jun (2016-05-17). „Plasma prolactin and breast cancer risk: a meta- analysis“. Scientific Reports. 6-jild. 25998-bet. Bibcode:2016NatSR...625998W. doi:10.1038/srep25998. ISSN 2045-2322. PMC 4869065. PMID 27184120.
  45. "32nd Annual CTRC-AACR San Antonio Breast Cancer Symposium". Sunday Morning Year-End Review. 14 December 2009. Archived from the original on 13 August 2013. https://web.archive.org/web/20130813021816/http://www.sabcs.org/Newsletter/Docs/SABCS_2009_Issue5.pdf. 
  46. „Clinical breast examination: practical recommendations for optimizing performance and reporting“. CA: A Cancer Journal for Clinicians. 54-jild, № 6. 2004. 327–44-bet. doi:10.3322/canjclin.54.6.327. PMID 15537576. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam)
  47. Kosir, Mary Ann „Ch. 253, Breast Cancer“, . Merck Manual, Professional Edition, July 2019. 
  48. „Screening“. Centers for Disease Control and Prevention (2018-yil 11-sentyabr). 2015-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-noyabr.
  49. „Screening for Breast Cancer“. US Preventive Services Task Force (2009-yil dekabr). 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  50. „Regular self-examination or clinical examination for early detection of breast cancer“. The Cochrane Database of Systematic Reviews. 2010-jild, № 2. 2003. CD003373-bet. doi:10.1002/14651858.CD003373. PMC 7387360. PMID 12804462.
  51. „Breast Cancer and Mammograms“. WebMD. 2012-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  52. „Screening for Breast Cancer: U.S. Preventive Services Task Force Recommendation Statement“. Annals of Internal Medicine. 164-jild, № 4. February 2016. 279–96-bet. doi:10.7326/M15-2886. PMID 26757170.
  53. „Screening for Breast Cancer in Average-Risk Women: A Guidance Statement From the American College of Physicians“. Annals of Internal Medicine. 170-jild, № 8. April 2019. 547–560-bet. doi:10.7326/M18-2147. PMID 30959525.
  54. „Mammography Screening: Evidence, History and Current Practice in Germany and Other European Countries“. Breast Care. 6-jild, № 2. 2011. 104–109-bet. doi:10.1159/000327493. PMC 3104900. PMID 21673820.
  55. „Breast Cancer Screening and Diagnosis: A Synopsis of the European Breast Guidelines“. Annals of Internal Medicine. 172-jild, № 1. January 2020. 46–56-bet. doi:10.7326/M19-2125. PMID 31766052. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam)
  56. „Recommendations on screening for breast cancer in average-risk women aged 40–74 years“. CMAJ. 183-jild, № 17. November 2011. 1991–2001-bet. doi:10.1503/cmaj.110334. PMC 3225421. PMID 22106103. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam)
  57. „Breast Cancer: Screening“. United States Preventive Services Task Force. 2013-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  58. 58,0 58,1 58,2 „Lifestyle-related Breast Cancer Risk Factors“. www.cancer.org. Qaraldi: 2018-yil 18-aprel.
  59. „Physical activity and risk of breast cancer among postmenopausal women“. Archives of Internal Medicine. 170-jild, № 19. October 2010. 1758–64-bet. doi:10.1001/archinternmed.2010.363. PMC 3142573. PMID 20975025.
  60. „Physical activity and risk of breast cancer, colon cancer, diabetes, ischemic heart disease, and ischemic stroke events: systematic review and dose-response meta-analysis for the Global Burden of Disease Study 2013“. BMJ. 354-jild. August 2016. i3857-bet. doi:10.1136/bmj.i3857. PMC 4979358. PMID 27510511. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam)
  61. „Antiplatelet Therapy in Breast Cancer Patients Using Hormonal Therapy: Myths, Evidence and Potentialities – Systematic Review“. Arquivos Brasileiros de Cardiologia. 111-jild, № 2. August 2018. 205–212-bet. doi:10.5935/abc.20180138. PMC 6122903. PMID 30183988.
  62. „Aspirin intake and survival after breast cancer“. Journal of Clinical Oncology. 28-jild, № 9. March 2010. 1467–72-bet. doi:10.1200/JCO.2009.22.7918. PMC 2849768. PMID 20159825.
  63. „WHO Disease and injury country estimates“. World Health Organization (2009). 2009-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 11-noyabr.
  64. 64,0 64,1 „Oldest evidence of breast cancer found in Egyptian skeleton“. Reuters (2015-yil 24-mart). 2015-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  65. „The History of Cancer“. American Cancer Society (2002-yil 25-mart). 2006-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 9-oktyabr.
  66. Olson, James Stuart. Bathsheba's breast: women, cancer & history. The Johns Hopkins University Press, 2002 — 32–33-bet. ISBN 978-0-8018-6936-5. 
  67. Yalom, Marilyn. A history of the breast. New York: Alfred A. Knopf, 1997 — 234-bet. ISBN 978-0-679-43459-7. 

68. Med24.uz Ko'krak bezi saratoni