Kontent qismiga oʻtish

Sariqlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sariq kasalligidan yoʻnaltirildi)
Sariqlik

Gepatit A keltirib chiqargan teri va koʻz oqsilini sariq ranglanishi.
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Gastroenterologiya
KXK-10 R17
KXK-9 782.4
DiseasesDB 7038
MedlinePlus 003243
Patient UK Sariqlik
MeSH D007565

Sariq kasalligi - jigarda hosil boʻladigan bilirubin — oʻt pigmentining (qarang Oʻt) toʻqimalarda toʻplanishi tufayli teri, koʻz oqi va shilliq pardalarining sariq tusga kirishi. Sariq kasalligi qonda bilirubin miqdorining oshib ketishi natijasida paydo boʻladi. Kelib chiqish sabablari va hosil boʻlish mexanizmiga koʻra, Sariq kasalligi jigarda paydo boʻluvchi, mexanik va gemolitik xillarga boʻlinadi. Jigar (parenximaga oid) Sariq kasalligi jigar hujayralarining infeksion yoki toksik zaharlanishi natijasida paydo boʻlib, jigarda turli xil oʻzgarishlar keltirib chiqaradi, bilirubinni ichakka oʻtkazadi: axlat rangi oqarib, siydik toʻqlashadi. Jigar Sariq kasalligi aksariyat oʻtkir gepatit kasalligi (qarang Virusli gepatit) tufayli, shuningdek, jigar hujayralarining alkogol taʼsirida zaharlanishi oqibatida kelib chiqadi. Mexanik Sariq kasalligi oʻt (safro)ning oʻt yoʻllaridan oʻta olmasligi, mas, oʻt pufagida toshlar paydo boʻlishi natijasida oʻtning ichakka oʻta olmasligi va shu tufayli oʻt yoʻllarida toʻxtalib qolgan safrodagi bilirubin toʻgʻridantoʻgʻri qonga oʻtib ketishi sababli kelib chiqadi.

Odatda, avval koʻz oqi, keyin yumshoq tanglayning shilliq pardasi, til osti, teri sargʻayadi. Sariklikning kuchlikuchsizligi qondagi bilirubin miqdorining koʻpozligiga bogʻliq. Sariq kasalligida koʻpincha teri kichishadi, chunki oʻt kislota teridagi periferik nerv oxirlarini qoʻzgʻatadi.

Sariq kasalligi paydo boʻlganida darhol vrachga murojaat qilish lozim.

2—3 kunlik chaqaloqlarda koʻpincha jigar funksiyasidagi vaqtinchalik yetishmovchilik natijasida badan sargʻayishi — fiziologik sariqlik kuzatiladi. Bu holat maxsus davoni talab qilmaydi va 1—2 haftada oʻtib ketadi. Baʼzan ona bilan bolaning qoni birbiriga mos kelmasa, yaʼni ona qoni rezusmanfiy boʻlib, homilaniki esa rezusmusbat boʻlsa, u holda ona bilan homila oʻrtasida "rezusraqobat" yuzaga kelishi natijasida Sariq kasalligi chaqaloklardagi gemolitik kasalliklar bilan birga davom etadi (qarang Chaqaloqlarning gemolitik kasalliklari). Sariq kasalligi gohida homiladorlik istisqosida ham yuz beradi (qarang Homiladorlik toksikozlari).

Shonosir Shovohobov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil