Kontent qismiga oʻtish

Bremenlik mashshoqlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bremenlik mashshoqlar

Bremen shahrida asar qahramonlariga oʻrnatilgan haykal
Asl nomi Die Bremer Stadtmusikanten
Muallif(lar) Aka-uka Grimmlar
Til olmon
Janr(lar)i ertak

„Bremenlik mashshoqlar“ (nemischa: Die Bremer Stadtmusikanten ) — olmon yozuvchilari aka-uka Grimmlar qalamiga mansub ertak. Aarne–Thompson klassifikatsiyasi boʻyicha ertak 130-raqamga ega: asarda egasi kerak boʻlmagan hayvonlar yangi uy topadi.[1] Asar qahramonlari „bremenlik“ deb atalsa-da, ular aslida shaharga yetib bormaydilar.

Ertak asosida bir necha film, multfilm, myuzikl hamda teatr postanovkasi tayyorlangan. Ertak oʻzbek tilida bolalar uchun moslashtirilib boʻyash kitobi oʻlaroq nashr qilingan.

Ertakning asosiy qahramonlari — oʻz xoʻjayinidan xafa boʻlgan eshak, it, mushuk va xoʻroz Bremen shahriga musiqachilik qilish uchun yoʻl oladilar.

Ammo bir kunda Bremenga yetib bora olmayidalar va oʻrmonda tunashga qaror qiladilar. Eshak va it katta daraxt ostida, mushuk shoxlarda, xoʻroz esa daraxtning eng tepasiga chiqib uxlaydi.

Qahramonlar oʻrmonda ketayotib eski kulbani koʻrib qoladilar. Bremenlik mashshoqlar bir-birlarining ustiga chiqib, oʻz „kuy“larini ijro etadilar – eshak hangraydi, it uvillaydi, mushuk miyovlaydi, xoʻroz qichqiradi. Ularning ovozini eshitgan qaroqchilar qoʻrqib, qochib ketadi.

Har kim oʻz odati boʻyicha uyquga ketadi: eshak hovlida, it – eshik ortida, mushuk – pechka ustida, xoʻrox esa uy tomida uxlagani yotadi.

Oʻsha kuni kech qaroqchilarning yetakchisi kulbani kim egallab olganini tekshirish uchun yugurdaklaridan birini yuboradi. Ammo uni mushuk tirnaydi, it qopadi, eshak tepadi, xoʻroz esa kulba tomida turib baland qichqiradi. Qoʻrqib ketgan qaroqchi yetakchisi oldiga kelib, uyni dahshatli jonzotlar egallab olganini aytib beradi. Qaroqchilar kulbaga qaytib kela olmaydi, bremenlik mashshoqlar esa uni oʻzlariga uy qilib oladilar.

  • Eshak
  • It
  • Mushuk
  • Xoʻroz

Oʻzbekcha nashr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Bremenlik mashshoqlar“ 1987-yil Sankt-Peterburg shahrida „Lenizdat“ nashriyotida rus tilida boʻyash kitobi oʻlaroq chop etilgan.[2] Mazkur nashr uchun ertakni A. Vvedenskiy bolalar uchun moslashtirib hikoya qilgan. Asar rasmlarini G. Yasinskiy chizgan. 1988-yil „Lenizdat“ nashriyotida aynan shu kitob oʻzbek tilida chop etilgan.[3]

  1. „„Bremenlik mashshoqlar“ga oʻxshash ertaklar“ (inglizcha). SurLaLune. 2019-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2019-02-06 sanasida arxivlangan)
  2. „Bremenlik mashshoqlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.
  3. „Bremenlik mashshoqlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.