Kontent qismiga oʻtish

Brendan Shinnimin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brendan Shinnimin
Tugʻilgan joyi 7-yanvar 1991-yil (1991-01-07) (33 yosh)
East Saint Paul, Manitoba, Kanada
Boʻyi 5 ft 10 in (178 cm)
Ogʻirligi 181 lb (82 kg; 12 st 13 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
DEL
Sobiq jamoalar
Adler Mannheim
Arizona Coyotes
SCL Tigers
Barys Astana
Växjö Lakers
NHLga kirish drafti Tanlanmagan
Jamoalardagi faoliyat 2012—hozirgacha

Brendan Shinnimin (1991-yil 7-yanvarda tugʻilgan) Kanadalik professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi. U faoliyati davomida Deutsche Eishockey Ligasi (DEL) ning Adler Mannheim jamoasida oʻynagan. Shinnimin faoliyatining boshida Kanada Milliy xokkey ligasining (NHL) Arizona Coyotes jamoasida ham oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsmirlik davrida Shinnimin Gʻarbiy Xokkey Ligasining (WHL) Tri-City Americans jamoasida oʻynagan. Shinnimin 2011—2012-ylgi WHL mavsumida 134 ochko bilan WHLning yetakchi toʻpurari boʻlgan va 2012-yilgi Bob Clarke kubogi sohibi boʻlgan[1][2][3]. U nafaqat WHLda gol urish boʻyicha, balkim butun Kanada xokkey ligasida yetakchi toʻpurar boʻlgan[3]. 2012-yilda Shinnimin WHLda yilning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Four Broncos Memorial Trophy sovrinini qoʻlga kiritgan[4]. 2010—2011-yillarda u WHLning ikkinchi jamoasi yulduzi deb topilgan[5].

2010-yil 19-oktabrda Shinnimin 12 oʻyinga diskvalifikasiya qilingan[6]. 2009-yilda u WHLning Subway Super Series jamoasi tarkibida Russian junior all-stars jamoasiga qarshi oʻynagan[7].

Shinnimin 2012-yilning 2-martida Milliy xokkey ligasining Pheonix Coyotes jamoasi bilan erkin agent sifatida uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekkan[8].


2016-yilning 14-iyulida Shinnimin Milliy A Ligasining (NLA) SCL Tigers jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[9]. U NLAdagi debyutini 2016-yil 9-sentyabrda PostFinance Arenada SC Bern jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2016-yil 21-dekabrda Tigers jamoasida 32 ta oʻyindan atigi 12 tasida maydonga tushgan. Soʻngra Tigers Shinnimin bilan shartnomani bekor qilgan[10]. Oʻsha oyning oxirida u Kontinental Xokkey Ligasi (KHL)ning Baris Astana klubi bilan shartnoma imzolagan.

Shvetsiya xokkey ligasining Växjö Lakers jamoasi bilan uch muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Shinnimin 2020-yil 4-sentyabrda bir yillik shartnoma asosida DELning Adler Mannheim klubi bilan oʻynagan[11].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
    Doimiy mavsum   Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2006—2007 Winnipeg Thrashers MMHL 31 10 27 37 28 12 4 11 15 8
2007—2008 Selkirk Steelers MJHL 51 7 19 26 38 5 1 0 1 5
2007—2008 Tri-City Americans WHL 4 0 0 0 0
2008—2009 Tri-City Americans WHL 64 12 13 25 69 11 0 5 5 16
2009—2010 Tri-City Americans WHL 70 27 55 82 82 22 8 17 25 29
2010—2011 Tri-City Americans WHL 60 34 62 96 84 10 4 7 11 16
2011—2012 Tri-City Americans WHL 69 58 76 134 82 15 7 16 23 28
2012—2013 Portland Pirates AHL 74 12 21 33 77 1 0 1 1 0
2013—2014 Portland Pirates AHL 52 13 15 28 31
2014—2015 Portland Pirates AHL 64 22 25 47 80 5 2 4 6 8
2014—2015 Arizona Coyotes NHL 12 0 1 1 8
2015—2016 Springfield Falcons AHL 30 5 9 14 36
2016—2017 SCL Tigers NLA 12 2 7 9 12
2016—2017 Barys Astana KHL 17 2 4 6 12 10 1 0 1 16
2017—2018 Växjö Lakers SHL 45 14 20 34 83 13 2 8 10 30
2018—2019 Växjö Lakers SHL 47 17 16 33 86 4 3 2 5 4
2019—2020 Växjö Lakers SHL 50 5 17 22 91
NHLdagi umumiy ochokolari 12 0 1 1 8

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mukofot Yil
WHL
Ikkinchi yulduzlar jamoasi (Gʻarbiy) mukofoti 2010—2011 [5]
Broncos Memorial Trophy mukofoti 2011—2012 [4]
Bob Clarke Trophy WHL toʻpurari mukofoti 2011—2012 [3]
Birinchi yulduzlar jamoasi (Gʻarbiy) mukofoti 2011—2012 [4]
AHL
Yulduzlar oʻyini mukofoti 2015
SHL
Le Mat Trophy (Växjö Lakers) mukofoti 2018 [12]
  1. Winnipegʻs Shinnimin seasonʼs top WHL scorer — Winnipeg Free Press
  2. Elite Prospects — 2011 — 2012 WHL Total Points
  3. 3,0 3,1 3,2 Fowler, A. „Ams' Shinnimin named WHL's top player“. Chicago Tribune (2012-yil 3-may). Qaraldi: 2012-yil 14-may.
  4. 4,0 4,1 4,2 Fowler, A. „Tri-City's Shinnimin named WHL player of the year“. Tri-City Herald (2012-yil 2-may). 2012-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-may.
  5. 5,0 5,1 Tri-City Americans' forward Brendan Shinnimin proof perseverance can pay off — NHL.com — News
  6. „WHL sends strong message on hits“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  7. Fowler, A. „Shinnimin hits the road“. Tri-City Herald (2009-yil 24-noyabr). 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-may.
  8. „Ams' Shinnimin signs with NHL's Coyotes“. Western Hockey League (2012-yil 2-mart). 2012-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  9. „SCL Tigers have found their fourth import in Canadian Brendan Shinnimin“. swisshockeynews.ch (2016-yil 14-iyul). 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  10. „SCL Tigers dissolve contract of Brendan Shinnimin“. swisshockeynews.ch (2016-yil 21-dekabr). 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  11. „Adler sign Brendan Shinnimin“ (Swedish). Adler Mannheim (2020-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  12. „Lakers dominant in SHL title win“. eurohockeyclubs.com (2018-yil 22-aprel). Qaraldi: 2018-yil 22-aprel.