Kontent qismiga oʻtish

Bridgette Armstrong

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bridgette Armstrong
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bridgette Kate Armstrong
Tavallud sanasi 9-noyabr 1992-yil (1992-11-09) (32 yosh)
Tavallud joyi Oklend, Yangi Zelandiya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Glenfield Rovers
Milliy terma jamoa
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008 Yangi Zelandiya U17
2008—2012 Yangi Zelandiya U20 13 (1)
2009 Yangi Zelandiya 3 (1)

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2010-yil 3-oktyabr uchun)

Bridgette Kate Armstrong (1992-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol jamoasining aʼzosi[1].

U 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi ilk jahon chempionatida, Yangi Zelandiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan[2], uchta guruh oʻyinida terma jamoa bilan birga oʻynagan. Oʻshanda u Kanadaga 0:1[3], Daniyaga 1:2[4] va Kolumbiyaga 3:1 hisobida terma jamoasi bilan magʻlub boʻlgan[5].

Armstrong, shuningdek, 2008-yilda Chilida boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi, Jahon chempionatida Yangi Zelandiya vakili edi[6]. U jamoasi bilan yana uchta guruh oʻyinlarini oʻynadi. Nigeriyaga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi[7], mezbon Chili ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozondi[8]. U Yangi Zelandiyadagi golini Angliyaga qarshi oʻyinda urdi, ammo, Yangi Zelandiyani Angliya terma jamoasi turnirdan chiqarib yubordi[9]. 2010-yilda u Germaniyada boʻlib oʻtgan, 2010-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, Yangi Zelandiyani himoya qildi va uchta guruh oʻyinlarida ham ishtirok etdi[10].

Armstrong terma jamoadagi debyutini 2009-yil 14-noyabrda Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va 2010-yil 3-oktyabrda Taiti ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining ilk xalqaro golini kiritdi[11].

Uning bobosi Keen Armstrong Angliya va Yangi Zelandiya milliy futbol terma jamoalarida oʻynagan. Otasi Ron Armstrong va amakisi Braien Armstrong ham Yangi Zelandiya vakili edi[12].

Armstrong Long Bay kollejida oʻqigan[13][14][15].

  1. „Caps 'n' Goals, New Zealand Women's national representatives“. The Ultimate New Zealand Soccer Website. Qaraldi: 22-sentabr 2008-yil.
  2. „FIFA Under 17 Women's World Cup, New Zealand 2008 – Team – New Zealand“. FIFA. 2012-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2009-yil.
  3. Match Report — New Zealand v Canada
  4. Match Report — New Zealand v Denmark
  5. Match Report — Columbia v New Zealand
  6. „FIFA Under 20 Women's World Cup, Chile 2008 – Team – New Zealand“. FIFA. 2012-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2009-yil.
  7. Match Report — New Zealand v Nigeria
  8. Match Report — Chile v New Zealand
  9. Match Report — England v New Zealand
  10. „FIFA Under 20 Women's World Cup, Germany 2010 – Team – New Zealand“. FIFA. 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2010-yil.
  11. „A-International Line-ups“. The Ultimate New Zealand Soccer Website. Qaraldi: 15-noyabr 2009-yil.
  12. „NZ girl will continue family football dynasty at under 17 World Cup“. 3News (New Zealand) (23-oktabr 2008-yil). 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Bridgette Armstrong“. New Zealand Football. 2009-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2010-yil.
  14. Ruane. „Army Keen To Maintain The Family Tradition“. Soccer. SportsWeb. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2010-yil.
  15. Maddaford, Terry. „Soccer: Another Armstrong aims high“. The New Zealand Herald (11-avgust 2007-yil). Qaraldi: 9-iyun 2010-yil.