Kontent qismiga oʻtish

Brigada bo'yicha moddiy javobgarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brigada boʻyicha moddiy javobgarlik — xodimlar moddiy javobgarligi turlaridan biri. Bunda pul yoki tovar moddiy boyliklar birgalikda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan brigada (xodimlar jamoasi) aʼzolariga topshiriladi va topshirilgan boyliklarga ziyon yetgan taqdirda, brigada (jamoa) aʼzolari birgalikda javobgar boʻladilar. Brigada moddiy javobgarligi tovar — moddiy qimmatliklar bilan ishlaydigan va moddiy javobgarlikni individuallashtirib boʻlmaydigan ish joylarida birga ishlashlari lozim boʻlgan xodimlar jamoasi bilan oldindan tuzilgan yozma shartnoma asosida yuklatilishi mumkin. Brigada moddiy javobgarligi xaqida yozma shartnoma tuzish, shartnomaning namunaviy shakli va jamoa aʼzolarining moddiy javobgarligi masalalari qonun xujjatlarida nazarda tutilgan[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi