Britaniya Kolumbiyasi universiteti
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
Muammo aniq keltirilmagan. Sahifadagi muammoni aniqlab yozing yoki andozani olib tashlang. |
Ushbu sahifani The University of British Columbia bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Britaniya Kolumbiyasi Universiteti (inglicha: University of British Columbia, qisqartma shakli: UBC) Vankuver yaqinida va Kelowna shaharlarida kampuslari joylashgan davlat tadqiqot universitetidir . 1908-yilda tashkil etilgan bu universitet Britaniya Kolumbiyasidagi eng qadimgi universitet hisoblanadi. Universitetning yillik tadqiqot byudjeti 759 million dollarni tashkil etadi va UBC yiliga 8000 dan ortiq loyihalarni moliyalashtiradi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy va dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1877-yilda, Britaniya Kolumbiyasi Kanadaga qoʻshilganidan olti yil vaqt oʻtgach, taʼlim boʻlimi boshligʻi Jon Jessop ushbu provinsiya universitetini tashkil etish taklifini kiritdi. Provinsiyaning qonun chiqaruvchi organi 1890-yilda Britaniya Kolumbiyasi universitetini qoʻllab quvvatlash toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi, ammo universitetni Vankuver orolida yoki asosiy qismda qurish masalasida kelishmovchiliklar paydo boʻldi.
1908-yilda Britaniya Kolumbiyasi universiteti toʻgʻrisidagi qonun rasmiy ravishda ushbu universitetini tashkil etishga chaqirdi, garchi uning aniq joylashuvi koʻrsatilmagan boʻlsa ham.[1]
Yaqin tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh vazir Pierre Trudeau 1971-yil 1-iyulda Britaniya Kolumbiyasi universitetida Antropologiya muzeyi tashkil etilganini eʼlon qildi. Qurilish narxi 2,5 million dollarni tashki qilgan va Artur Erikson tomonidan loyihalashtirilgan. Muzey binosi rasman 1976-yilda ochilgan [2] Oʻsha yili universitet Salli Rogou rahbarligida oʻqituvchilarga bir nechta nogiron yoki koʻrish qobiliyati cheklangan talabalarni oʻqitish usullarini oʻrgatish uchun oddiy maktab dasturini boshladi.[3]
Kampuslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kutubxonalar, arxivlar va galereyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Britaniya Kolumbiyasi kutubxonasi - 7.8 million jild, 2.1 million elektron kitoblar, 370 000 dan ortiq elektron jurnallar va 700000 dan ortiq maqolalarni oʻz ichiga jamlagan Kanadaning ikkinchi yirik akademik kutubxonasidir.[4] 2014-yildan 2015-yilgacha 3,8 milliondan ortiq kampusga tashrif buyurilgan.[5]
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „University of British Columbia“. The Canadian Encyclopedia. Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
- ↑ Pound, Richard W.. Fitzhenry and Whiteside Book of Canadian Facts and Dates. Fitzhenry & Whiteside, 2005.
- ↑ Tuttle. „Sally Rogow“. APH. American Printing House for the Blind (2011). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
- ↑ „UBC Library 2014–2015 Report to Senate“. UBC Library. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
- ↑ „2014–2015 Report of UBC Library to the Senate“. University of British Columbia Library (2015). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.