Kontent qismiga oʻtish

Bromidlar (mineral)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bromidlar, tabiiy bromidlar — kamyob minerallar guruhi, kumushning galogenli birikmasi. Asosiy minerallari: bromargirit (AgBr), embolit Ag (C1, Vg). Tuzilishi tosh tuzi tipiga mansub. Minerallar guruhining fizik xususiyati juda oʻxshash. B. donalari sariq yoki sargʻishyashil rangda, kristallari kub yoki oktaedr koʻrinishida, olmos kabi yaltiroq; yumshoq, baʼzan egiluvchan. Qattiqligi 2—2,5; s. or. 5,7 dan (embolit) 6,5 (bromargirit) gacha. B. faqat quruqchoʻl iqlimli oblastlarda tarkibida kumush boʻlgan sulfidlarning oksidlanish zonalaridagi konlarda uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil