Kontent qismiga oʻtish

Bronxopnevmoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bronxopnevmoniya
Lobar pnevmoniya (chap tomonda) va bronxopnevmoniyaning tipik tarqalish holati (o‘ng tomonda)
Mutaxassislik Pulmonologiya, yuqumli kasalliklar

Bronxopnevmoniya – oʻpka yalligʻlanishining bir shaklidir. Bronxopnevmoniya mayda bronxlarda boshlangan yalligʻlanish jarayonining oʻpka toʻqimalariga tarqalishi bilan kechadi (qarang zotiljam).

Bronxopnevmoniya – bu zotiljamning kichik turidir. Bu bronxlarning oʻtkir yalligʻlanishi boʻlib, oʻpkaning yaqin joylashgan boʻlaklarida yalligʻlanishlar bilan kechadi[1].

Bronxopnevmoniya koʻpincha lobar pnevmoniyaga oʻxshab ketadi. Klinik amaliyotda bronxopnevmoniya va lobar pnevmoniya turlarni ajratish qiyin, chunki ularning belgilari odatda bir-biriga oʻxshab ketadi[2]. Bronxopnevmoniya (lobular) koʻpincha infeksiya rivojlanib borgan sari lobar pnevmoniyaga aylanadi. Xuddi shu organizm bir bemorda pnevmoniyaning bir turini, boshqa bemorda esa boshqa turini keltirib chiqarishi mumkin.

Bronxopnevmoniyaning rentgen surati: oʻpkaning har ikki tomonida oʻtkir yalligʻlanish[3]

Bronxopnevmoniya lobar pnevmoniyadan farqlanib, koʻpincha jamoat orasida yuqtiriladigan pnevmoniyaga emas, balki kasalxonada orttiriladigan pnevmoniya hisoblanadi[4].

Bronxopnevmoniyaning streptococcus pneumoniae bilan aloqadorlik ehtimoli lobar pnevmoniyaga qaraganda kamroq[5]. Aksincha, bronxopnevmoniya asosan quyidagi: staphylococcus aureus, klebsiella, escherichia coli va pseudomonaslar bilan bogʻliqligi yuqoridir.

Bronxopnevmoniya gistopatologiyasi bronxiolni toʻldirib turgan neytrofillarni koʻrsatmoqda.

Bronxopnevmoniya baʼzan oʻlimdan keyin, autopsiya paytida ham aniqlanishi mumkin.

Umumiy patologiyada odatda odam oʻpkasining bazal boʻlaklarida bir nechta konsolidatsiya oʻchoqlari mavjud, ular koʻpincha ikki tomonlama boʻladi. Bu zararlanishlar diametri 2-4 sm, kulrang-sariq, quruq, koʻpincha bronxiolada joylashgan, yaxshi ajratilmagan boʻladi. Ayniqsa bolalarda bir-biriga qoʻshilish xususiyatiga ega.

Yorugʻlik mikroskopiyasi odatda bronxlar, bronxiolalar va qoʻshni alveolyar boʻshliqlaridagi neytrofillarni koʻrsatadi[2].

Pnevmoniya bilan taqqoslaganda, bronxopnevmoniya shakli va kasalxonada orttiriladigan pnevmoniya oʻrtasidagi bogʻliqlik antibiotiklarni tanlashda koʻp dorilarga chidamlilikni koʻproq hisobga olishni talab qiladi.

  1. „bronchopneumonia“. YourDictionary. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar. citing: Webster’s New World College Dictionary, Fifth Edition, Copyright 2014
  2. 2,0 2,1 Elliot Weisenberg, M.D. „Lung - nontumor, Infections, Pneumonia - general“. PathologyOutlines. Topic Completed: 1 August 2011
  3. Franquet, Tomás; Chung, Johnathan H. „Imaging of Pulmonary Infection“, . Diseases of the Chest, Breast, Heart and Vessels 2019-2022, IDKD Springer Series. Part of the IDKD Springer Series Book Series (IDKD), 2019 — 65–77-bet. DOI:10.1007/978-3-030-11149-6_7. ISBN 978-3-030-11148-9. 
    -"This chapter is licensed under the terms of the Creative Commons Attribution 4.0 International License (http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/)"
  4. Reynolds, J H; Mcdonald, G; Alton, H; Gordon, S B (2010). "Pneumonia in the immunocompetent patient". The British Journal of Radiology 83 (996): 998–1009. doi:10.1259/bjr/31200593. ISSN 0007-1285. PMID 21088086. PMC 3473604. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3473604. 
  5. „Lobar Pneumonia“. Loyola University Chicago, Health Sciences Campus. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil