Brooks togʻ tizmalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brooks togʻ tizmalari

Brooks togʻ tizmalarining Galbraith koʻli yaqinidan tushirilgan surati
Joylashuvi Qoʻshma shtatlar va Kanada: Alyaska va Yukon shtatlari
Koordinatalar 69°12′09″N 143°48′08″W / 69.20250°N 143.80222°W / 69.20250; -143.80222 G O
Uzunligi 1100 km
Choʻqqisi Isto choʻqqisi
Balandligi 2736 metr

Brooks(Gwich’in: Gwazhał[1]) – Shimoliy Amerikaning uzoq shimolida gʻarbdan sharqqa qarab shimoliy Alyaska boʻylab Kanadaning Yukon hududigacha choʻzilgan togʻ tizmasi. Eng baland nuqtasi Isto choʻqqisida (2736 metr) boʻlgan togʻ tizmasi tahminan 126 million yosh deb hisoblanadi. Kanadada Britaniya Kolumbiyasining shimoliy chegarasi Liard daryosi deb hisoblanganligi sababli Brooks Qoyali togʻlardan alohida deb qaraladi, ammo Qoʻshma shtatlarda bu togʻlar Qoyali togʻlarning davomi hisoblanadi[2][3]. Bu togʻlarda deyarli inson yashamasada Dalton katta yoʻli va Alyaskaning Shimoliy qirgʻoqlaridagi Prudhoe koʻrfazida joylashgan neft konlariga ketadigan Alyaska quvur yoʻllari Brooksdagi Atigun soʻqmogʻi boʻylab oʻtadi. Arktika qishlogʻi va Anaktuvuk kabi Alyaska mahalliy qishloqlari hamda Chandalar, Beetles, Wiseman va Coldfoot kabi kichik jamoalar bu hududning asosiy manzilgohlarini tashkil etadi. Uzoq gʻarbda, Long togʻlaridagi Wulik daryosi yaqinida esabdunyodagi eng katta Red Dog rux koni joyalshgan. Togʻ tizmasi 1925-yilda Qoʻshma Shtatlarning Geografik Nomlar Boʻyicha Qoʻmitasi tomonidan Qoʻshma Shtatlar Geologik Tadqiqotining 1903-yildan 1924-yilgacha Alyaska uchun bosh geologi boʻlgan Alfred Hulse Brooks sharafiga nomlangan. Togʻ tizmalarining Kanadadagi qismi rasman Britaniya Togʻlari deb nomlangan[4].

Brooks togʻ tizmalari

Choʻqqilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brooks togʻ tizmalari haqida filmlar:

  • 2007-yil, Gates of the Arctic: Alaskaʼs Brooks Range
  • 2008-yil, Alone Across Alaska: 1000 miles of Wilderness
  • 2011-yil, The Edge of the Earth (short film)
  • 2014-yi, World beyond the World (short film)

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garchi Alyaskaning janubi va qirgʻoqboʻyi hududlarida 640 sm dan 1300 sm gacha qalinlikda qor yogʻsada, Brooksdagi oʻrtacha qor yogʻingarchiligi 76 sm dan 130 sm gachani tashkil etadi[5][6]. Sharqiy va gʻarbiy qismlaridagi oʻzgaruvchan iqlim tufayli 1969-2018-yillarda Brooksdagi yillik yogʻingarchilik miqdori 17.2% ga oshdi[7]. Anaktuvukdagi ob-havo stansiyasining maʼlumotlariga koʻra, oʻrtacha yozgi haroratning eng balandi 16 °C (61 °F) va eng pasti 3 °C (37 °F)ni qish davomida esa oʻrtacha yuqori harorat −22 °C (−8 °F)ni va oʻrtacha past harorat −30 °C (−22 °F)ni tashkil qiladi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „GNIS Account Login“. geonames.usgs.gov. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel. [sayt ishlamaydi]
  2. The Encyclopedia Americana, Volume 23, page 618 (Grolier 2000).
  3. Safire, William. The New York Times guide to essential knowledge: a desk reference for the curious mind, page 623 (Macmillan 2007).
  4. „Download Geographical Names Data“. www.nrcan.gc.ca (2011-yil 2-iyun). Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  5. Shulski, Martha; Wendler, Gerd. The Climate of Alaska. University of Alaska Press, 2007-12-15 — 148– bet. ISBN 9781602230071. 
  6. 6,0 6,1 Gallant, Alisa L.. EcoRegions of Alaska. DIANE Publishing, 1998-05-01 — 15– bet. ISBN 9780788148965. 
  7. Thoman, R. & J. E. Walsh. (2019). Alaskaʼs changing environment: documenting Alaskaʼs physical and biological changes through observations. H. R. McFarland, Ed. International Arctic Research Center, University of Alaska Fairbanks.