Kontent qismiga oʻtish

Broshantit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Broshantit (fransuz mineralogi A. Broshan de Vilye nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi Si4[(ON6) [SO4]. Monoklin singoniyali. Prizma, ignasimon kristallar, donachalar va yupqa parda holida. Rangi yashil, toʻq yashil. Qattikligi 3,5—4. S. ogʻ. 3,84—4. Shishasimon yaltiraydi. B. mis konlarining nurash zonasida limonit, serussit, malaxit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda Qalmoqqir, Sarichoʻqqi, Qoʻrgʻoshinkon, Lashvas^Wv, Lochinxona polimetall konlarida uchraydi. B. konlari Rossiya Federatsiyasi (Ural togʻlari)da, Ispaniya (RioTinta), Italiya (LaDuchessa), AQSH (Biobi)da topilgan. Mis olinadigan ruda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil