Brovaridagi vertolyot halokati
Brovaridagi vertolyot qulashi | |
---|---|
Vertolyot qulagan joy | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Sana |
18-yanvar, 2023-yil 8:10 |
Joylashuv | Simon Petlyur koʻchasi 13 B uy, Brovari, Kiyev viloyati |
Kordinatalar | 50°31′15″N 30°48′02″E / 50.520782°N 30.800482°E |
Mamlakat | Ukraina |
Operator | Aérospatiale AS.332 Super Puma[1] |
Egalik qiluvchi | Ukraina FVV |
Halokat turi | Vertolyot qulashi |
Sabab | Qalin tuman |
Statistika | |
Yo'lovchilar | 6 |
Ekipaj | 3 |
Vafot etganlar | 14[2] |
Jarohatlanganlar | 25[2] |
Brovaridagi vertolyot qulashi — 2023-yil 18-yanvar kuni erta tongda Ukraina poytaxti Kiyev shahriga tushash boʻlgan Brovari shahrida Ukraina FVVning vertolyoti Simon Petlyur koʻchasi 13 B uyda joylashgan bogʻcha ustiga qulashi natijasida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa[3][4][5][6][7].
Voqea
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 18 yanvar Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati vertolyoti soat 8:10 atrofida Kiyev yaqinidagi yoʻldosh shaharcha boʻlmish Brovarida qalin tuman vaqtida uchish apparati Simon Petlyur koʻchasi 13 B uyda joylashgan bolalar bog‘chasi va ko‘p qavatli uy o‘rtasida qulab tushgan, shundan keyin yong‘in boshlangan va buning oqibatida yongʻin kelib chiqqan[8]. Bogʻchada boʻlganlar zudlik bklan evakuatsiya qilinadi[4].
Kiyev oblasti Brovari shahrida vertolyot halokatga uchrashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina IIV xabar berdi. Politsiya maʼlumotiga ko‘ra, vertolyotda bo‘lgan barcha to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Kiyev oblasti maʼmuriyati rahbari Aleksey Kulebaning maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida jami 25 kishi yaralangan[2]. Qurbonlarning uch nafari bolalar, yana 15 bola tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan[8].
Brovari shahar meri quyidagilarni maʼlum qiladi:
Kuchli portlashdan bolalar bog‘chasi binosi va eng yaqin joylashgan uylardan biri vayron bo‘lgan
— Igor Sapojko [8], in
Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Valentin Timoshenkoning xabar qilishicha, IIV rahbariyati vertolyotda „qaynoq“ nuqtalardan biriga komandirovkaga ketayotgandi[9]. Kiyev viloyati Milliy politsiya rahbari Andrey Nebitovninv ma'lum qilishicha vertolyot uzoq vaqt davomida juda pastlab uchayotgan boʻlgan[10].
Voqea guvohlarining so'zlariga ko'ra vertolyot havodaligida yonib ketgan[1].
Jabrlanganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]ZN.UA saytining Ichki ishlar vazirligidagi manbalariga tayanib tarqatgan xabarga koʻra, soat 10:00 holatiga ko‘ra, Brovarida vertolyotning qulashi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi[2], ulardan uch nafari bolalarni tashkil qilgan. Yaralanganlar soni esa 25 kishi bo'lib[2], ulardan 12 nafari bolalardir[3].
Shuningddk, ZN.UA xabariga ko‘ra, qulagan vertolyotning 3 nafar ekipaj a'zosi va 6 nafar yo'lovchi halok bo‘lgan. Ularning orasida ichki ishlar vaziri Denis Monastyrskiy va uning birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Yeni, shuningdek, davlat kotibi Yuriy Lobkovich ham bor. Keyinchalik bu ma'lumot Milliy politsiya tomonidan tasdiqlandi[3][10].
Xabar qilinishicha, jabrlanganlarning 22 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 10 nafari bolalar. Birozdan keyin Kiyev OVA rahbari Aleksiy Kuleba soat 10:30 holatiga ko'ra yaradorlar soni 25 kishiga yetganini aytdi[2]. Ularning 15 nafari bolalardir[3].
Dafn marosimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]21-yanvar kuni halok bo'lganlarning dafn marosimi bo'lib o'tdi. Unda Ukraina Vladimir Zelenskiy va uning rafiqasi ham ishtirok etishdi va halok bo'lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirishdi[11][12].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Падение вертолета в Броварах: Погибли 18 человек, трое из них – дети“ (uk). Qaraldi: 27-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Число погибших при авиакатастрофе в Броварах выросло до 18, пишут СМИ“ (ru). Qaraldi: 27-noyabr.
- ↑ The Telegraph YouTubeda
- ↑ AFP News YouTubeda
- ↑ Страна.ua YouTubeda
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Brovarida vertolyot quladi. Qurbonlar ko‘p, ular orasida Ukraina ichki ishlar vaziri ham bor“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 27-noyabr.
- ↑ RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ 10,0 10,1 FREEDOM YouTubeda
- ↑ FREEDOM YouTubeda
- ↑ Euronews YouTubeda